Ceyhan — Adana viloyatining tumani. Adanadan 47 km uzoqlikda joylashgan. Bu Adananing markaziy tumanlaridan tashqarida aholisi eng koʻp boʻlgan tumandir.
Etimologiyasi Ceyhan tashkil topganidan beri quyidagi nomlarni oldi, 1860-yilda Yarsuat, 1896-yilda Abdulhamid II nomi bilan Hamidiye, 1909-yilda Urfiya, 1929-yil 3-mayda esa respublika nomi bilan Ceyhan deb nomlangan.
Tarixi Shahar tarixi 9 ming yil oldingi davrga kelib taqaladi. Ceyhan tekisligi Xet, Ossuriya, Finikiya, Misr, Eron, Rim va Vizantiya sivilizatsiyalariga mezbonlik qilgan.
Boğazköy va Kültepe manbalarida tilga olingan uchta qirolliklar bilan chegaradosh boʻlgan. Hususan Ceyhan daryosining sharqiy qismida Luviy podsholigi (mil.av 1900-yil), gʻarbda Arzava podsholigi (mil.av 1500 — 1333-yillar). Luviylar ossuriyaliklar, arzavonlar esa xetlar hukmronligi ostiga oʻtgan. Kizzuvatna qirolligi Ceyhan va Seyhan daryolari orasida tashkil etilgan va Xetlar hukmronligi ostida boʻlgan.
1071-yil Manzikert jangidan keyin Sulaymon Shoh (Anadolu Saljuqiylar davlatining asoschisi) 1083-yilda Ceyhan tekisligi va Adanani butunlay egalladi. 1097-yili Armaniston Kilikiya qirolligiga qoʻshilgan, Ceyhan XIV-asrda Misr mamluklari qoʻliga oʻtib, keyinchalik Dulkadir oʻgʻli knyazligiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda uning aholisi 5000 kishi atrofida boʻlgan. Ceyhan 1353 — 1515-yillarda Mamluklarga qarashli Ramazon oʻgʻullari bekligi tasarrufida qoldi. Mamluklar va Usmonlilar 1485 — 1498- yillarda bu yerlar uchun kurashdilar. 1515-yildan boshlab Yavuz Sulton Salimning Misr ekspeditsiyasi paytida Adana yerlari Ceyhan tekisligi bilan birga Usmonlilar davlati tasarrufiga oʻtdi.
1525-yildagi Usmonlilar davlatalarining tarixiy manbalarida Yarsuvat sifatida qayd etilgan. Qrimda Yarsuvat ''daryo boʻyi '' degan maʼnoni anglatadi. Bu davrda hududga oʻrnashib olgan Kınık turkmanlari Oʻgʻuzlarning Uchok qabilalariga mansub Denizxonoʻgʻullari avlodi boʻlgan. Darhaqiqat, bugungi kunda mintaqada koʻp aholiga ega boʻlgan Sırkıntıoğullari, Karsantioʻgʻullari, Kozanoʻgʻullari, Cerit, Yüreğir, Barak kabi turkman qabilalari oʻgʻuzlarning Kinik qabilasiga qarashli boʻlgan. Koʻchmanchi oʻgʻuzlarning Turkman va Avşar qabilalari bu hududda uzoq yillar davomida qishlogʻ sifatida tanilgan.
Qrim urushidan keyin Usmonli turklar bu yerga noʻgʻay turklarini, 93-yil urushidan keyin esa Rumeli turklarini joylashtirdilar. 1896-yilda Abdulhamid II tomonidan Hamidiye deb nomlangan. 1908-yilga kelib Urfiye deb oʻzgartirilgan.
1926-yil 19-iyulda tuman maqomini olib, Cebelibereket (Osmaniya) viloyatiga qoʻshildi. 1920-yil 3-mayda qabul qilingan qonunda nomi Ceyhanga oʻzgartirilgan. 1933-yilda Cebelibereket viloyatining tumani sifatida rasman eʼlon qilindi.
Geografiyasi va iqlimi O'rta yer dengizi mintaqasida joylashgan Ceyhan Adanadan 47 km, Oʻrta yer dengizidan 30 km uzoqlikda joylashgan. Ceyhan 36 va 37 shimoliy kenglikda, 35 va 36 sharqiy uzunliklar oʻrtasida joylashgan shaharcha. Janubda Yumurtalik, shimolda Kozan, shimoli-gʻarbda Imoʻgʻli, shimoli-sharqda Kadirli, gʻarbda Yuregir, sharqda Osmaniya va Hatay viloyatining Erzin tumani bilan chegaradosh.
Tumanning asosiy qismi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan iborat boʻlib, uning maydoni 1424 km² ga boʻlib, 71 ta mahalladan iborat.
Tuman yonidan Ceyhan daryosi oqib oʻtadi va uning uzunligi 509 km. Bundan tashqari, Mercin, Karaçay, Handeresi, Çeperce tumanlaridan oʻtadi.
Yozi issiq va quruq, qishi sovuq va yomgʻirli boʻlgan tuman. Iqlimi Oʻrta yer dengizi iqlimiga xosdir. Ceyhan tekisligida yogʻingarchilik miqdori 600-750 mm, togʻli hududlarda esa 750-1000 mm. Qishda 50%, bahorda 27%, kuzda 18%, yozda 5% yogʻingarchiliklar kuzatiladi.
Ceyhan juda katta oʻrman tekisliklaridan iborat. Insonlar foydalanishi uchun, oʻrmonlar vayron qilinib, qishloq xoʻjaligi hududiga aylantirildi. Lekin baʼzi joylarda qaragʻay oʻrmonlarini topish mumkin.
Ceyhan oʻrmonlaridagi qaragʻaylar yogʻoch sifatida ishlatiladi.
Aholisi Ceyhan tumani 112 ta qishloqdan iborat.
Ceyhandagi 112 ta qishloqning, 31 tasi markazda joylashgan. 113 914 nafar aholi (70,9%) markaziy qishloqlarda istiqomat qiladi. Uning eng uzoq qishlogʻi Gunluce boʻlib, 40,5 km uzoqlikda joylashgan. Buyukmangit qishlogʻida 3806 dan yuqori kishi istiqomat qiladi. 2017-yilda Ceyhan aholisi 0,28% ga oshdiTÜİK 1 Şubat 2018 verileri. №QishloqKm*BalandlikAholisi20162017-yil2018-yil2019-yil1Adatepe2,21031032Altıocak3,22.9602.9623Aydemiroğlu1,55505364Belediye Evleri3,36.5006.3805Bota2,12.2772.2026Burhaniye0,05.5045.4967Büyükkırım0,59468298Civantayak1,74824529Cumhuriyet1,710.28210.79210Emek4,92.4872.39411Esentepe5,43.1623.19312Fatih Sultan Mehmet2,44.8194.67013Gazi Osman Paşa2,36.5286.43914Hürriyet1,03.7053.69215İnönü3,21.8791.88716İstiklal2,89.61510.07717Kaltakiye1,592185218Kelemeti3,824826219Konakoğlu0,81.00390420Koruklu5,420118721Küçükkırım2,93.7223.70922Mithat Paşa1,03.9954.0664.1594.20123Modernevler2,91.2881.25324Muradiye1,52.4302.30725Namık Kemal1,814.83616.06426Sarısakal2,72.5122.41527Şahin Özbilen2,510.16110.10428Şehit Hacı İbrahim1,01.1511.16229Türlübaş1,51.0171.04630Ulus1,04.4044.52731Yarsuat2,93.0652.952Ceyhan (Markaz)32112.753113.91432Adapınar17,72726025033Ağaçlı33,0318710334Ağaçpınar11,74323623235Akdam30,33544540836Altıgöz26,03118016937Altıkara13,821726738Aydınlar10,79725225339Azizli19,97033730640Başören26,31781.5801.54741Birkent37,13595592242Burhanlı34,54431128243Büyükburhaniye12,76512412544Büyükmangıt5,3243.8473.80645Camuzağılı32,34144844846Ceyhanbekirli26,43313714947Çakaldere16,02737336248Çataklı31,54146147149Çatalhüyük26,03421021650Çevretepe20,513129729651Çiçekli14,161495652Çiftlikler6,93435835353Çokçapınar13,93730931754Dağıstan23,23125622255Değirmendere10,05934635356Değirmenli22,93119618757Dikilitaş24,43312813658Dokuztekne16,72051.0451.01559Doruk25,1922.0521.98860Durhasandede23,487998661Dutlupınar21,422960858262Ekinyazı21,22831330963Elmagölü20,03027935564Erenler12,410322323265Gümürdülü20,7771.6581.66266Gündoğan25,710921422267Günlüce40,53323722568Günyazı15,83330630969Hamdilli11,84678575470Hamidiye20,5146756971Hamitbey15,82713013372Hamitbeybucağı16,02643341773Irmaklı31,53416116574Isırganlı18,08131731075İmran15,711534334876İncetarla9,32735034477İnceyer27,02913112878İsalı19,05335734179Karakayalı15,02724123480Kılıçkaya24,47131032581Kıvrıklı10,74873872282Kızıldere20,611064466283Köprülü14,42723019284Körkuyu11,12661359185Kösreli30,6311.2021.14886Kurtkulağı15,4891.2851.27487Kurtpınar20,0881.6541.55088Kuzucak22,04455351689Küçükburhaniye11,133909190Küçükmangıt6,02532934691Mercimek13,0283.2133.23492Mustafabeyli26,5381.6801.76793Narlık16,44645643294Sağırlar16,016713313595Sağkaya24,45793093196Sarıbahçe24,63136036397Sarımazı17,61643.7173.64698Selimiye17,321015415299Sirkeli8,131516480100Soğukpınar15,0145352332101Soysallı23,880837835102Tatarlı29,437692668103Tatlıkuyu16,345342337104Toktamış6,322820817105Tumlu20,644525507106Üçdutyeşilova26,050547534107Yalak18,529294291108Yellibel28,3245177168109Yeniköynazımbey14,228248254110Yeşilbahçe19,127542533111Yeşildam31,432403396112Yılankale8,229221209Ceyhan (Qishloq)47.41846.702Ceyhan (Tuman)160.171160.616 * Km — Burhaniy tuman hokimligigacha boʻlgan masofa.
Sport
Sport klublariTFF Ceyhanning (BAL) 2 ta havaskor Futbol jamoasi bor. Jamoa nomi filiali 2016—2017-yillar 2017—2018-yillar 2018—2019-yillar Ceyhanspor Futbol BAL BAL BAL Ceyhan Doğan Spor Futbol BAL xx xx
Qardosh shaharlari
Sumgayıt, Azerbaycan
Yana qarang
Boku Tbilisi Jayhan neft quvuri
Manbalar
Turkum:Adana tumanlari Turkum:Ceyhan Turkum:Arxivlanishi kerak boʻlgan havola bilan resurs shablonini qo'shing Turkum:Chukurova