thumb| Ainokura, Gokayama shahridagi anʼanaviy somon tomili uylar Yaponiyaning Toyama prefekturasida joylashgan shahardir. U Gifu prefekturasidan shimolda, prefekturaning janubi-gʻarbiy burchagidagi togʻli hududda joylashgan. U Gokayama YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.2018-yil 28-fevral holatiga koʻra, shaharda 17.761 ta xonadonda 51.669 nafar aholi istiqomat qilganhome page official statuistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 75,8 kishidan toʻgʻri kelgan. Uning umumiy maydoni 668,64 kvadrat kilometr (258,16 mi²).
Geografiyasi Nanto Toyama prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarbda Ishikava prefekturasi va janubda Gifu prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning shimoliy qismi Tochi tekisligida, janubiy qismi esa togʻli hududida oʻrnashgan. Maydonining katta qismi Yaponiyaning ushbu mintaqasiga xos tarqoq aholi punkti hisoblanadi. Nantoning turli hududlari Fukuno, Fukumitsu, Yohana, Inokuchi va Inami mintaqalaridan tashkil topgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Toyama prefekturasi Oyabe Tonami Toyama Ishikava prefekturasi Kanazava Hakusan Gifu prefekturasi Hida Shirakava
Iqlimi Nanto nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi yumshoq hamda qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Nantoda oʻrtacha yillik harorat 13,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2410 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,3 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,0 °C atrofida boʻladiNanto climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraNanto population statistics, Nanto aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.
Tarixi Hozirgi Nanto hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan.
Zamonaviy Nanto shahri 2004-yil 1-noyabrda Fukuno, Inami va Johana shaharlari, Inokuchi, Kamitaira, Taira va Toga qishloqlari (barchasi Xigashitonami tumanidan) va Fukumitsu (Nishitonami tumani) shaharchasi birlashtirilishinatijasida tashkil etilgan.
Hukumat Nanto toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Hozirgi mer Mikio Tanaka, 2008-yil 16-noyabrda saylanganidan buyon ikkinchi muddatida faoliyat yuritmoqda:ja:南砺市.
Sanoati Nantoda Canaan, Angel Beats, Sharlotta va Sakura Quest kabi shoularni yaratish uchun mas’ul boʻlgan PA Works animatsiya studiyasi joylashgan. Nanto hududida shuningdek, KAWADA Technologies Inc.ning bosh ofisi hamda Daiken korporatsiyasining bosh ofisi ham bunyod etilgan:ja:南砺市#経済・産業. Nanto shuningdek, Inami yogʻoch oʻymakorligi shaharchasi ekanligi bilan mashhur boʻlib, u hunarmandchilik bilan milodiy 1390-yildan beri shugʻullanadi:ja:井波彫刻.
Qiziqarli joylar/turistik joylar
Gokayama Gokayama — Nantodagi hudud boʻlib, u anʼanaviy gassho qurilgan uylari tufayli YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, u hududga qishda yogʻadigan 2-3 metr qor toʻplanishiga dosh beradigan tik togʻ koʻrinishiga ega boʻlgan anʼanaviy meʼmoriy uslubni saqlay oladi. Qishloq katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, baʼzi tuzilmalar Nara davriga (milodiy 710-yil) tegishli. Hududdagi asosiy faoliyat turi mato toʻqish va boʻyash, shuningdek, grechka (soba) noodlelarini tayyorlashni oʻz ichiga oladi.
Zentokuji ibodatxonasi Yohanadagi bu ibodatxona taxminan 530-yil oldin tashkil etilgan. Bu hudud sof buddizmining Otani sektasining asosiy ibodatxonasi boʻlib, 10 000 dan ortiq qimmatbaho buyumlar, shu jumladan sekta asoschisi Shinranning yozuvlari toʻplamiga ega.
Inami yogʻoch oʻymakorligi shaharchasi thumb| Inami shahrining eski koʻchasi Ushbu qishloqda 200 ga yaqin yogʻoch oʻymakorligi hunarmandlari ishlaydi va shaharni toʻldiradigan yogʻochdan yasalgan sanʼat asarlarini oʻymakorlik asosida yaratilgan. Shahar taxminan 250 yil davomida Yaponiyada yogʻoch oʻymakorligi sanoati markazi boʻlib kelgan. Yogʻoch oʻymakorliklarining koʻpchiligini Zuisenji ibodatxonasidan Yokamachi yoʻli boʻylab yurganida koʻrish mumkin. Ibodatxona shuningdek, bino meʼmorchiligi yogʻoch oʻymakorligi bilan mashhurNanto City Tourism Pamphlet(Japanese).
IOX-AROSA Fukumitsu shahrida joylashgan, yozda, bu yerdan Iozen togʻining katta qismiga gondolaga chiqish va Nanto shahrining koʻp qismini tomosha qilish mumkin. Qishda u togʻning baland yonbagʻirlaridan changʻi va snoubordda uchish maskaniga aylanadi.
Taʼlim tizimi Nantoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi hamda sakkizta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadihttp://www.city.nanto.toyama.jp/cms-sypher/www/section/index.jsp official home page.
Transport
Temir yoʻl
22x22px Gʻarbiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi (JR West) — Johana liniyasi Takagi — Fukuno — Higashi-Ishiguro — Fukumitsu — Etchū-Yamada — Jōhana
Avtobus yoʻnalishlari
Kaetsuno temir yoʻl avtobus kompaniyasi Toyama Chiho temir yoʻli tezyurar avtobusi
Magistral yoʻl
Tokay-Hokuriku tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 156 Milliy yoʻnalish 304 Milliy yoʻnalish 359 Milliy yoʻnalish 471
Xalqaro munosabatlar
— Shaoxing, Zhejiang, Xitoy 1983-yil mmartdan buyon — Delphi, Gretsiya 1986-yildan buyon — Arosa, Shveysariya, 1991-yil sentyabrdan doʻstlik shahri — Pyeongchang County, Janubiy Koreya, 2002-yil sentyabr — Tukuche, Nepal 1989-yil yanvardan buyon — Marlboro, New Jersey, AQSH 2003-yil may
Ommaviy axborot vositalarida Anime Sakura Questdagi Monoyama shahri Nanto Sitidan keyin modellashtirilgan boʻlib, u yerda PA Works anime studiyasi shtab-kvartirasi joylashgan.
Yana qarang
Minami-Fukumitsu Gokayama
Manbalar
Havolalar
Turkum:Toyama prefekturasidagi shaharlar Turkum:Nanto (Toyama)