left|thumb|360x360px| Tonami-yotaka festivali iyun oyida boʻlib oʻtdi Yaponiyaning Toyama prefekturasida joylashgan shahardir. 2018-yil 31-mart holatiga koʻra, shaharda hisob-kitoblarga koʻra, 16.739 xonadonda 48.659 nafar aholi istiqomat qilganTonami city official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 384 kishidan toʻgʻri kelgan. Uning umumiy maydoni 127,03 kvadrat kilometrni (49,05 mi²) tashkil etdiofficial home page.
Geografiyasi
Tonami gʻarbiy Toyama prefekturasining Tonami tekisligida joylashgan. Hududning katta qismi Yaponiyaning ushbu mintaqasiga xos tarqoq aholi punkti hisoblanadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Toyama prefekturasi Toyama Takaoka Oyabe Nanto Imizu
Iqlimi Tonami nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi yumshoq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shaharda oʻrtacha yillik harorat 13,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2414 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,4 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,4 °C atrofida boʻladiTonami climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTonami population statistics, Tonami aholisi soni uzoq davom etgan oʻsishdan soʻng yaqinda kamayishni boshlagan.
Tarixi Hozirgi Tonami hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Edo davridagi Tokugava syogunati davridagi Kaga domenining bir qismi hisoblangan. Tonami shahri 1952-yil 1-aprelda Demachi shahrining Gokaya, Aburaden, Shoge, Nakamura va Hayashi qishloqlari bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. Aoshima va Ogami qishloqlari ikki oydan soʻng 1952-yil 1-iyunda mazkur hududga qoʻshildi. 1954-yil 15-yanvarda Ota, Minamihannya, Higachi-Nojiri, Yanaze va Nishi-Tonami qishloqlari, 1-martda Sendan, Sendanyama, Hannya va Higashi-Hannya qishloqlari hududi qoʻshib olindi. Kengaytirilgan Tonami shahri 1954-yil 1-aprelda shahar maqomiga koʻtarildi. 2004-yil 1-noyabrda Shogava shahri (Xigashitonami tumanidan) Tonamiga birlashtirildi.
Hukumat Tonami toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Taʼlim tizimi Tonami shahar hukumati tomonidan boshqariladigan sakkiz davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
Temir yoʻl
22x22px Gʻarbiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi (JR Gʻarb) — Johana liniyasi Aburaden — Tonami — Higashi-Nojiri
Magistral yoʻl
Hokuriku tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 156 Milliy yoʻnalish 359 Milliy yoʻnalish 471
Xalqaro munosabatlar
— Lisse, Niderlandiya 1992-yil 12-aprel — Panjin, Liaoning, Xitoy 1991-yil 25-aprel — Yalova, Turkiya1989-yil 3-oktyabr
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Masuyama qal’asi, Sengoku davri qal’asi xarobalari va milliy tarixiy hududhisoblanadi. U bilan ham tanilgan. Iyun oyida Yotaka festivali boʻlib oʻtadi, festival davomida ataylab toʻqnashgan koʻplab parad suzuvchilari tomoshaga guvoh boʻlish uchun katta olomon jtashrif buyuradi. Yotaka festivali tadbiri dastlab qo‘shni Fukuno shahrida boshlangan. Unda mikoshi koʻchma ziyoratgohlarini olib yuradigan guruhlar oʻrtasidagi musobaqalar mavjud. „Yoiyasa“ — bu tadbir davomida ko‘pchilik tomonidan hayqirgan anʼanaviy naqldir. Kechasi boʻlsa, qogʻozdan yasalgan lampalar yondiriladi. Ushbu bayram dalalardan yaxshi hosil olish uchun ibodat sifatida nishonlanadi.
Lolalar Tonami shahrida lolalar bogʻi, shuningdek, har yili oʻtkaziladigan milliy tan olingan lolalar festivali boʻlib oʻtadi. Gollandiya tomonidan koʻchirib oʻtkazilgan, „DE VRIENDSCHAP“ (doʻstlik) deb yozilgan shamol tegirmoni ham ishlaydi. Tonami lolalari festivalida 600 dan ortiq turli xil lolalar namoyish etiladi va soʻnggi yillarda 2,5 milliondan ortiq lolalar turi mavjudligi aniqlangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Toyama prefekturasidagi shaharlar Turkum:Tonami (Toyama)