thumb|250x250px| Naistenmatkadagi Suuppa maydoni Naistenmatka — Finlandiyaning Pirkanmaa viloyatida joylashgan Pirkkala munitsipaliteti shaharchasi va uning maʼmuriy markazi. Shaharchaning aholisi 1997-yilda 800 nafar kishi yoki Pirkkala aholisining taxminan 15% qismini tashkil qilgan. Naistenmatka qishlogʻidagi birinchi binolar XVI asrda qurilgan. Naistenmatkada 1964-yilda munitsipalitet zali, 1968—1973-yillarda maktab markazi, 1977-yilda kutubxona va 1986-yilda sogʻlomlashtirish punkti qurib bitkazildi. Yangi Pirkkala cherkoviPirkkalan kirkko (fil tilida) ham Naistenmatka yaqinida joylashgan boʻlib, maktab markaziga Naistenmatka maktabiNaistenmatkan koulu (fin tilida), Suupanniitty maktabiSuupanniityn koulu (fin tilida) va Pirkkala oʻrta maktabi kiradiPirkkalan yhteislukio (fin tilida).
Naistenmatka nomi (soʻzma-soʻz „ayollarning sayohati“ degan maʼnoni anglatadi) uchun aniq izoh yoʻqNaistenmatka: tarinoita nimen takaa (fin tilida).
Manbalar
Havolalar Jouko Hillukka: Naistenmatka — Pirkkala tarixi va joylashuvi haqida maʼlumot (fin tilida)
Turkum:Finlandiyadagi qishloqlar