Gabriel Robert Gauthier () (1984-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi. Gabe Gauthier hozirda Gʻarbiy Xokkey ligasi vakili „Las Vegas Storm“ xokkey klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Gabe Gauthier „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan NHLda sakkizta oʻyin oʻtkazdi.
Oʻyin faoliyati Yoshligida Gabriel Gauthier 1998-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Los Angeles Junior Kings“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Gabriel Gauthier 1999-yildan 2002-yilgacha Britaniya Kolumbiyasi Xokkey Ligasining „Chilliwack Chiefs“ xokkey klubi bilan II darajali oʻsmirlar xokkeyi oʻynagan. Keyin Gabriel Gauthier Denver universiteti xokkey jamoasi bilan faoliyatini davom ettirgan. Gabriel Gauthier universitet jamoasi safida toʻrt mavsum oʻynagan va ularga 2004—2005-yillarda ketma-ket ikkita NCAA chempionatida gʻolib chiqishga yordam bergan. Shundan soʻng, Gabriel Gauthier 2006-yilda „Kings“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnoma imzoladi. Gabriel Gauthier „Kings“ jamoasida, asosan klubning Amerika Xokkey Ligasining (AHL) filiali „Manchester Monarchs“ xokeky klubi safida oʻynagan. Gabriel Gauthier 2006—2007-yillarda „Kings“ xokkey klubi bilan 5 oʻyinda va 2007—2008-yillarda 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2010—2011-yilgi mavsumda Gabriel Gauthier uchrashuvda jarohat olganidan soʻng, Shimoliy Amerikani tark etdi. Gabriel Gauthier 2011-yil 15-iyulda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Augsburger Panther“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda Gabriel Gauthier klub safida 44 ta bahsda maydonga tushib, atigi 10 ochko toʻpladi.
Shundan soʻng, Gabriel Gauthier Colorado shtatiga qaytdi va 2012-yil 8-iyulda ECHLning „Colorado Eagles“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1999—2000Chilliwack ChiefsBCHL4621345524—————2000—2001Chilliwack ChiefsBCHL4530518131—————200—2002Chilliwack ChiefsBCHL5037629967—————2002—2003University of DenverWCHA41881630—————2003—2004University of DenverWCHA4218254332—————2004—2005University of DenverWCHA4123295244—————2005—2006University of DenverWCHA3815243935—————2006—2007Manchester MonarchsAHL691428425416145142006—2007Los Angeles KingsNHL50002—————2007—2008Manchester MonarchsAHL6123376043300042007—2008Los Angeles KingsNHL30000—————2008—2009Manchester MonarchsAHL6912304232—————2009—2010Manchester MonarchsAHL71827353616741182010—2011Victoria Salmon KingsECHL20004—————2010—2011Syracuse CrunchAHL40000—————2011—2012Augsburger PantherDEL44281030200002012—2013Colorado EaglesECHL30110—————2012—2013Denver CutthroatsCHL421226382650114NHL jami80002—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari