AK Trollari () internetdagi anonim siyosiy sharhlovchilar va „trollar“. Turkiyaning Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) foydasiga internetdagi oddiy xalq uchun uyushtiriladigan manipulyatsiya jarayonlarida qatnashishadi. 2020-yilda Twitter Safety Adolat va taraqqiyot partiyasini (AKP) qoʻllovchi 7340 ta hisob faoliyatini bloklab qoʻygan.

Maʼlumotlar AK trollari 2013-yilda Gezi bogʻidagi norozilik namoyishlaridan soʻng paydo boʻlgan. Namoyishchilar hukumatga va Rejep Tayyip Erdogʻanga qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan. Bunga javoban AKP partiyasi, AKP muxoliflari deb belgilangan shaxslarga qarshi tashviqotni uyushtirish uchun „Yangi Turkiya raqamli idorasi“ deb nomlanuvchi ijtimoiy media jamoasiga 6000 kishini yollagan.

Metodlari AK trollari ijtimoiy tarmoqlardan (yaʼni Facebook, Twitter, Ekşi Sözlük) uyushgan tarzda AKPni targʻib qilish, muxolifatni obroʻsizlantirish, internetda ular haqida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish uchun foydalanishadi. CHP va HDP deputatlari AK trollari ustidan tergov boshlashni soʻrashgan.

AK trollari soxta Twitter trendlaridan muxolifatga qarshi tashviqotlarni boshlash uchun vosita sifatida foydalanadilar. Lozannadagi Shveysariya Federal Texnologiya Instituti (EPFL) tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Turkiyadagi Twitter trendlarining kamida 47 foizi soxta hisoblar yordamida yaratilib mashhurlikka chiqariladi. Maʼlum qilinishicha, 2019-yilda 6500 ta soxta trendlar yaratilgan.

Manbalar

Turkum:Siyosiy partiyalar Turkum:Turkiyada siyosat