Ismoilxoʻja Axmedxodjayev (2004-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional poygachisi. Hozirgi kunda F4 boʻyicha Italiya chempionatida AKM Motorsport jamoasi safida avtopoygalarda ishtirok etmoqda.
Faoliyati
Karting Ismoilxoʻja Axmedxodjayev koʻplab avtopoygachilar singari faoliyatini kartingda (13 yoshda) boshlagan. Faoliyatidagi ilk musobaqa Toshkentdagi 2018-yilgi O‘zbekiston chempionati final poygasi hisoblanadi. Ushbu musobaqada u yaxshi natijalar qayd etolmadi. Lekin, 2019-yilgi O‘zbekiston chempionati va kubogi gʻolibligini qo‘lga kiritgan. COVID-19 pandemiyasi tufayli bir yil mobaynida poyga musobaqalarini oʻtkazib yubordi. Keyingi yil Ismoilxoʻja Axmedxodjayev Birel ART Racing jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashib, Yevropa karting bahslaridagi faoliyatini boshladi. FIA karting Yevropa chempionatining Aunay-les-Bois poygasida 61-oʻrinni, Sarno poygasida 59-oʻrinni, Zuera poygasida 51-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Genk shahridagi Xorensbergdam trassasida o‘tkazilgan poygada esa 72-oʻrinni egalladi.
Formula 4
2021-yil oxirida Dubay avtodromida o‘tkazilgan rasmiy sinov kunida Xcel Motorsport jamoasi uchun sinov chiqishlarini qilgan. U yerda kichik halokat tufayli o‘nta davra bosib o‘tgan va sinovni yakuniga yetkazgan. Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 2022-yilgi ishtirokini Formula 4 UAE Championshipda boshladi. Ushbu poygalar davomida 11-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Dubay avtodromida boʻlib oʻtgan ikkita poygadan tashqari boshqa barcha bosqichlarda ishtirok etdi, ammo ball toʻplay olmadi. Mavsum yakunida 36-oʻrinni egalladi.
Ismoilxoʻja Axmedxodjayev 7-maydan 23-oktyabrgacha boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Italiya F4 Championshipda AKM Motorsport jamoasi tarkibida ishtirok etdi. U 36-raqamli poyga mashinasini boshqargan. Axmedxodjayev mavsum yakunida 48-oʻrinni egallagan. Uning jamoasi esa 10-oʻrinni egalladi.
Natijalar
Karting
MavsumSeriyaJamoaOʻrin2018O‘zbekiston chempionatiAniq emasDSK2019O‘zbekiston chempionatiAniq emas1-oʻrinO‘zbekiston chempionati1-oʻrin2021CIK-FIA European ChampionshipBirel ART Racing Srl61-oʻrinManbalar:
Izoh: DSK — Diskvalifikatsiya
CIK-FIA karting Yevropa chempionati
YilJamoaKlass12345678DCBall2021Birel ART Racing SrlKF2GENQHGENRAUBQHAUBRSARQHSARRZUEQHZUER 61-oʻrin 0
Izoh: S/Oʻ — Saralashdan oʻtolmadi
Katta poygadagi faoliyati
Umumiy natija
MavsumSeriyaJamoaPoygaGʻalabaPLF/LPodiumBallOʻrin2022Formula 4 UAE ChampionshipXcel Motorsport200000036Italiya F4 ChampionshipAKM Motorsport 19 0 0 0 0 0 48 FIA Motorsport Games Formula 4 Cup Team Uzbekistan10000Aniq emas19
F4 UAE Championship
YilJamoa1234567891011121314151617181920OʻrinBall 2022 Xcel MotorsportYMC11YMC12YMC13YMC14DUB11DUB12DUB13DUB14DUB21DUB22DUB23DUB24DUB31DUB32DUB33DUB34YMC21YMC22YMC23YMC24 36 0
Italiya F4 Championship
YilJamoa12345678910111213141516171819202122DCBall2022AKM MotorsportIMO1IMO2IMO3MIS1MIS2MIS3SPA1SPA2SPA3VLL1VLL2VLL3RBR1RBR2RBR3RBR4MNZ1MNZ2MNZ3MUG1MUG2MUG3 48 0
FIA Motorsport Games
YilJamoaKubokSaralash bosqichiZaxira poygaAsosiy poyga2022 Team UzbekistanFormula 4211719
Manbalar
Havolalar
Turkum:Avtopoygachilar Turkum:Yashayotgan insonlar