Ukraina va NATO oʻrtasidagi munosabatlar 1992-yilda, Ukraina mustaqillikka erishgach, Shimoliy Atlantika Hamkorlik Kengashiga qoʻshilgandan soʻng boshlangan. Bir necha yil oʻtgach, 1994-yil fevral oyida Ukraina „Tinchlik yoʻlida sheriklik“ tashabbusi doirasida NATO bilan, 2002-yilda esa NATOning individual sheriklik rejasini ikkala tamondan ishlab chiqilgan holatda tuzildi.

2005-yilda, toʻq sariq inqilobdan va prezident Viktor Yushchenko hokimiyatga kelganidan soʻng, NATO bilan hamkorlik Ukrainaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga kirishi yoʻlidagi birinchi qadam boʻlishi kerak boʻlgan „Tezlashtirilgan dialog“ formatiga ega boʻldi. 2008-yil boshida alyans Ukraina prezidenti Viktor Yushchenko, Bosh vazir Yuliya Timoshenko va parlament spikeri Arseniy Yatsenyukdan Ukrainani „NATOga aʼzolik boʻyicha harakatlar rejasi“ga qoʻshilish iltimosi bilan murojaat qildi, lekin NATO ga aʼzo Fransiya va germaniya pozitsiya orqali ushbu taklif rad etildi. Shu bilan birga, NATOga aʼzo mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari Buxarestda Gruziya va Ukraina ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish uchun qoʻyilgan talablarga javob bersa NATOga aʼzo boʻlishlarini taʼkidladilar.

2010-yilda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich hokimiyatga kelishi bilan Ukraina tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi da o;zgarishlar kuzatila boshlandi.

Yevromaydon va 2014-yil fevralida hokimiyat almashgandan so‘ng, Ukraina NATOga qo‘shilish yo‘lini tikladi. 2014-yil dekabr oyida Ukraina Oliy Radasi prezident Pyotr Poroshenko tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini qabul qildi, unda Ukrainaning qoʻshilmaslik maqomini „davlat xavfsizligini tashqi tajovuz va bosimdan taʼminlash kontekstida samarasiz“ deb bekor qildi va 2017-yil iyun oyida u qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritdi: NATOga aʼzolik Ukraina tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb eʼlon qilindi. 2019-yilda konstitutsiyaviy oʻzgartirishlar kuchga kirdi, bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga toʻliq aʼzoligini olishning strategik yoʻnalishini konstitutsiyaviy norma darajasida belgilab berdi.

2020-yil 12-iyun kuni Shimoliy Atlantika kengashi Ukrainaga Kengaytirilgan Imkoniyatlar Hamkori (EOP) maqomini berdi. 2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Bryussel sammitida NATO yetakchilari 2008-yilgi Buxarest sammitida Ukrainaga NATOga aʼzolik boʻyicha harakatlar rejasi berilishi va Ukraina tashqi siyosatini belgilash huquqiga ega ekanligi haqidagi qarorini imzoladi.

Ukraina, Avstraliya, Gruziya, Iordaniya, Finlandiya va Shvetsiya bilan bir qatorda NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar bo‘yicha oltita hamkorlaridan biri sanaladi.

2022-yil 30-sentabrda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi fonida Ukrainaning tezlashtirilgan asosda NATOga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomaga imzo qoʻydi.

Rossiyaning Ukrainaning NATOga potensial aʼzoligiga munosabati Rossiya har doim NATOning sharqqa kengayishiga, jumladan, Ukrainaning NATOga kirishiga keskin qarshi boʻlgan. 2008-yilda Buxarestda boʻlib oʻtgan NATO sammitidan soʻng, Rossiya Federatsiyasi Bosh shtab boshligʻi, general Yuriy Baluyevskiy agar Gruziya va Ukraina NATOga qoʻshilsa, Rossiya oʻzini taʼminlash uchun „harbiy va boshqa choralar“ koʻrishga majbur boʻlishini aytdi. NATO Rossiyaning bu talabini rad etadi. 2014-yil noyabr oyida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaning NATOga qoʻshilishi taqiqlanishi „Ukraina suverenitetini hurmat qilishning asosiy gʻoyasini buzadi“ deb taʼkidladi.

2021-yil 1-dekabrda Yens Stoltenberg hatto Rossiyaning taʼsir doirasiga ega boʻlishi mumkinligi haqidagi gʻoyani ham qabul qilib boʻlmaydigan deb atadi, chunki uning qoʻshnilari suveren davlatlardir: „Alyans bir kun kelib Ukraina NATOga aʼzo boʻladi, degan qarorga keldi. Bu qachon sodir boʻlishini NATOga aʼzo 30 davlat va Ukraina hal qiladi. Rossiya bu masalada veto huquqiga ega emas, uning fikri inobatga olinmaydi. U taʼsir doiralari tamoyilini tiklashga va bu orqali qoʻshni davlatlarga taʼsir oʻtkazishga haqli emas“. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya G‘arb davlatlari bilan muloqotda NATOning sharqqa kengayish va Rossiya chegaralari yaqinida qurol joylashtirishdan bosh tortishi bo‘yicha kelishuvlarga erishishga harakat qilishini aytdi. „Bizning diplomatiyamiz oldida asosiy vazifa turibdi — kuchli, ishonchli va uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini taʼminlashga erishish. Amerika Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqchilari bilan muloqotda biz NATOning Sharqqa har qanday keyingi yurishlarini va Rossiya hududi yaqinida bizga tahdid soluvchi qurol tizimlarini joylashtirishni istisno qiluvchi aniq kelishuvlarni ishlab chiqishni talab qilamiz“.

Ukrainaning NATOga qoʻshilmaslik kafolatlarini talab qilish 2021-yil 7-dekabr kuni Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdilar. Muzokaralar davomida Putin, NATOni „Ukraina hududini rivojlantirish va Rossiya chegarasi yaqinida harbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan xavfli urinishlarda“ aybladi — bu borada uning soʻzlariga koʻra, „Rossiya ishonchli, qonuniy kafolatlar olishdan jiddiy manfaatdor. Bu NATOning sharqqa kengayishini va Rossiyaga qoʻshni davlatlarda zarba beruvchi hujum qurollarini joylashtirishni istisno qiladi“. AQSh milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan matbuot uchun brifingda NATOni Sharqqa koʻchirish mavzusi muhokama qilinganmi degan savolga javob berar ekan, Bayden „bunday majburiyatlar yoki yon bosmagan“ deb javob berdi: „U davlatlar oʻz fikrini qoʻllab-quvvatlaydi“.

9-dekabr kuni Jo Bayden Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda „AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi“, Rossiyaning harakatlarini tajovuzkor deb atadi va unga harbiy aralashuv bo‘lsa, iqtisodiy choralar ko‘rish bilan tahdid qildi. Bayden AQSh Ukraina bilan ziddiyatli vaziyatda harbiy kuch ishlatishni koʻrib chiqmasligini aniq taʼkidladi. 9-dekabr kuni AQSh Davlat departamentidagi yuqori martabali amaldorlar Ukraina rahbariyatini Ukraina yaqin 10 yil ichida NATO aʼzoligiga ishonmasligi mumkinligi haqida xabardor qilgani haqida xabar berdi.

Dekabr oyi oʻrtalarida Rossiya rahbariyati AQSh va NATOga "AQSh va NATOning davom etayotgan urinishlari nuqtai nazaridan xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini, shuningdek Rossiya, NATO mamlakatlari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bitimni topshirdi.

NATOning sharqqa har qanday keyingi yurishini va Rossiyaning gʻarbiy chegaralarida tahdid soluvchi qurol tizimlarini joylashtirishni istisno qiladigan uzoq muddatli huquqiy kafolatlarni ishlab chiqish; 2008-yilda Buxarestda boʻlib oʻtgan NATO sammitida Ukraina va Gruziyaning NATOga aʼzo boʻlishi haqidagi qarorlarini rad etish.

AQSh bilan tuzilgan shartnoma loyihasida Rossiya, xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlar NATOning sharq tomon kengayishini istisno qilish va ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlarni NATOga qabul qilishdan bosh tortish majburiyatini oʻz zimmasiga olishini taklif qildi. Rossiya NATO blokiga NATOning yanada kengayishini, shu jumladan Ukrainaning qoʻshilishini istisno qilishni taklif qildi, shuningdek, boshqa davlatlar Ukraina hududida, shuningdek, Sharqiy Yevropa, Kavkaz orti va Markaziy Osiyo boshqa davlatlarda har qanday harbiy harakatlarni oʻtkazishdan bosh tortishni taklif qildi.

Die Welt nashrining 22-dekabrdagi xabariga ko‘ra, NATO Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari to‘planishi haqidagi xabarlarga javoban NATOning 40 000 kishilik javob kuchlari (NRF) tayyorgarligini oshirgan.

Rossiya takliflari 2022-yil yanvar oyida muhokama qilindi. Rossiyaning asosiy talablaridan hech biri qabul qilinmadi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, NATO Ukrainaning aʼzoligi masalasida Rossiya bilan murosaga bormasligini va Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlish masalasini Kiyev va NATO ittifoqchilari hal qilishini aytdi. Rossiya tomoni bunga javoban agar Rossiya oʻz xavfsizligiga tahdidlarni siyosiy choralar bilan bartaraf eta olmasa, harbiy choralar qoʻllashini maʼlum qildi.

NATOning Sharqiy Yevropadagi harbiy ishtirokini oshirish. Qurol va harbiy texnikani yetkazib berish 24-yanvar kuni NATO saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarda Rossiya kuchlarining Ukraina yaqinida to‘planishi munosabati bilan NATO Sharqiy Yevropadagi harbiy ishtirokini kengaytirishga qaror qilgan. Bir qancha NATO davlatlari oʻz qurolli kuchlarini shay holatga keltirganliklarini eʼlon qilishdi va Sharqiy Yevropaga qoʻshimcha kuchlar joʻnatishdi.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi shu kuni AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin 8,5 ming kishining tayyorlik darajasini oshirganini aytdi. Tayyorlik darajasining oʻzgarishi, Kirbining soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarga „Yevropada qoʻshimcha jangovar, logistika, tibbiy, aviatsiya guruhlari, kuzatuv va razvedkalarni tezda joylashtirish“ imkonini beradi.

Keyinroq The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Jo Bayden Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Amerika Qoʻshma Shtatlardan Ukrainaga „favqulodda harbiy yordam“, xususan, mustahkamlangan qutilar va bunkerlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan bir martalik SMAW-D granata otish moslamalari va Javelin tankga qarshi raketalari yuborildi. 28-yanvar kuni RBK-Ukraina Ukraina mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 200 million dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam berishini, buning uchun tashish uchun 45 ga yaqin parvoz zarurligini xabar qildi.

29-yanvar kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Estoniya va NATOning sharqiy qanotidagi boshqa mamlakatlarga qo‘shimcha qo‘shin va harbiy texnika jo‘natishga tayyorligini maʼlum qildi. Avvalroq Buyuk Britaniya Ukrainaga 2000 ga yaqin mahsulot yetkazib bergan bir martalik portativ NLAW tankga qarshi tizimlari va bu qurollardan foydalanishni oʻrgatish uchun u yerga harbiy instruktorlarni yubordi. 8-fevral kuni Buyuk Britaniya Janubi-Sharqiy Yevropani himoya qilish uchun Tayfun qiruvchi samolyotlari va kemalarini yuborish imkoniyatlarini o‘rganayotganini maʼlum qildi.

NATOning boshqa davlatlari ham Ukrainaga qurol yetkazib berishini eʼlon qildi. Estoniya ilgari AQShdan olingan Javelin tizimlarini Kiyevga, Latviya va Litvaga portativ Stinger havo mudofaa tizimlarini oʻtkazish niyatida ekanligi haqida xanar berdi. Chexiya Ukrainaga 152 mm kalibrli 4000 dan ortiq artilleriya snaryadlarini yubordi.

Umuman olganda, Germaniya birinchi navbatda Estoniyaga Ukrainaga GDR armiyasida xizmat qilgan. 20-yanvar kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvdan soʻng shunday taʼkidladi: „Germaniya anʼanaviy ravishda mojaroli hududlarga qurol sotish masalasida past darajadagi pozitsiyani egallaydi“. Ukraina hukumati Berlinning bu pozitsiyasidan bir necha bor hafsalasi pir boʻlgan.

Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrechtning soʻzlariga koʻra, Litvada „NATO jangovar guruhi“ tarkibida qoʻshimcha harbiy kontingentni joylashtirish imkoniyatini muhokama qildi.

30-yanvar kuni BBCga bergan intervyusida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyev va Moskva o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda alyans Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmayotganini taʼkidladi. NATO Ukrainaga qurol yetkazib berish va Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar choralarini ishlab chiqishga qaratiladi.

2-fevral kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Ruminiya, Polsha va Germaniyaga qoʻshimcha kuchlar yuborilishini maʼlum qildi. 4-fevral kuni Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak Polsha AQSh armiyasining 82-havo-desant diviziyasidan brigada jangovar guruhining asosiy kuchlarini qabul qilishga tayyorlanayotganini aytdi. AQSh armiyasini kuchaytirish doirasida Polshaga 1700 askar yuboriladi.