Nathan Oystrick () (1982-yil 17-dekabrda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Nathan Oystrick ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Atlanta Thrashers“, „Anaheim Ducks“ va „St. Louis Blues“ xokkey jamoalarida oʻynagan. Nathan Oystrick 2018-yil 3-iyulda „Humboldt Broncos“ xokkey jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan, biroq olti oydan kamroq vaqt oʻtgach, hech qanday izoh bermay lavozimini tark etgan.

Oʻyin faoliyati Nathan Oystrick „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga 2002-yilda NHLga kirish loyihasida 198-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2010-yil 1-martda Nathan Oystrick shartli tanlov bilan birga hujumchi Yevgeny Artyukhin evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga almashtirildi. Nathan Oystrick 2009—2010-yilgi mavsumni yakunlash uchun „Anaheim Ducks“ xokkey klubi bilan uchta oʻyinda maydonga tushdi.

2010-yilning 11-iyulida Nathan Oystrick erkin agent sifatida „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Nathan Oystrick 2010—2011-yilgi mavsum uchun klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Peoria Rivermen“ xokkey klubi safiga yuborildi.

Keyinchalik, Nathan Oystrick 2011-yilning 6-iyulida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda Nathan Oystrick klub safida 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 43 ochko toʻpladi.

2012-yil 2-iyunda Nathan Oystrick Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Lev Praha“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Murabbiylik faoliyati 2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng, Nathan Oystrick oʻzining xokkeychilik faoliyatini yakunlashni maʼqul koʻrdi va 2016-yilning 30-iyulida „Atlanta Gladiators“ xokkey jamoasi bilan yordamchi murabbiy sifatida oʻzining murabbiylik faoliyatini boshladi.

2018-yil 3-iyulda Nathan Oystrick SJHL vakili „Humboldt Broncos“ xokkey klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

2018-yilning 28-dekabrida Nathan Oystrick murabbiylik lavozimidan ketishini eʼlon qildi. Buning sababi aytilmagan, ammo keyin rasmiy bayonot berilishi kutilgan edi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2000—2001South Surrey EaglesBCHL6093544224—————2001—2002South Surrey EaglesBCHL50154257148—————2002—2003Northern Michigan UniversityCCHA342101226—————2003—2004Northern Michigan UniversityCCHA398202898—————2004—2005Northern Michigan UniversityCCHA407132087—————2005—2006Northern Michigan UniversityCCHA389202958—————2005—2006Chicago WolvesAHL20114—————2006—2007Chicago WolvesAHL8015324710515066162007—2008Chicago WolvesAHL80152843112243811352008—2009Atlanta ThrashersNHL53481250—————2009—2010Chicago WolvesAHL43716239614281082009—2010Anaheim DucksNHL30002—————2010—2011Peoria RivermenAHL61153045125411272010—2011St. Louis BluesNHL91239—————2011—2012Portland PiratesAHL60113243107—————2012—2013Lev PrahaKHL4336942403322013—2014Lev PrahaKHL432141636224711102014—2015Springfield FalconsAHL121344—————2015—2016Elmira JackalsECHL483151833—————NHL jami655101561—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari