Juan Martín Lucero (; 1991-yil 10-oktyabrda Buenos Airesda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Colo-Colo“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Juan Lucero „Defensa y Justicia“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yil 6-oktyabrda Argentina premyer ligasida „Aldosivi“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2012-yil 9-iyunda „Huracán“ futbol klubiga qarshi bahsdada Juan Lucero „Defensa y Justicia“ safida birinchi golini urgan. 2014-yil 26-aprel kuni „Crucero del Norte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Juan Lucero xet-trik qayd etgan. Oʻsha mavsumda Juan Lucero 24 ta gol urgan va eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Oʻsha yilning yozida Juan Lucero 750 ming yevro evaziga „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan. 10-avgust kuni „Atlético Rafaela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Argentina premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Juan Lucero „Independiente“ safidagi ilk golini urgan.
2016-yil boshida Juan Lucero Malayziyaning „Johor“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil qilgan. Juan Lucero Malayziya Superligasida debyutini 13-fevral kuni „Selangor“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan . 5-aprel kuni „Perak“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Johor“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 24-sentyabr kuni „T-Team“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan. Debyut mavsumida Juan Lucero 16 ta gol urgan va klubga chempionlik hamda Malayziya kubogini yutishda yordam bergan.
2017-yil boshida Juan Lucero Meksikaning „Tijuana“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-yanvar kuni „Puebla“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 11-fevral kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Tijuana“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDefensa y Justicia2010—201180——802011—201262——622012—201314020—1602013—20143724——3724Independiente201415410—16420151852040245201610——10Jami3493040419Johor Darul Takzim2016221666763528Jami221666763528Club Tijuana201719540—2352017—201826752203392018—201917130—201Jami6213122207615Godoy Cruz2019713061162Jami713061162Defensa y Justicia2019—20201151020145Jami763130208131Vélez Sarsfield2020121—822032021361320724515Jami4814201546518Colo-Colo2022261554853924Jami261554853924Umumiy faoliyatida2759934124416353127
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar