Patrice Victor Cormier () (1990-yil 14-iyunda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Patrice Cormier Kontinental xokkey ligasi (KHL)ning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi safida oʻynaydi.
Patrice Cormier 2010-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi sardori boʻlgan.
Oʻyin faoliyati 2010-yil 4-fevralda Patrice Cormier Johnny Oduya, Niclas Bergfors va Ilya Kovalchuk kabi oʻyinchilar bilan birga 2010-yilgi NHL kirish loyihasida birinchi bosqich tanlovi asosida „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. Patrice Cormierning NHLdagi birinchi goli 2011-yil 7-yanvarda „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda James Reimer darvozasiga kiritildi.
Patrice Cormier 2015—2016-yilgi mavsumni „Manitoba Moose“ xokkey klubi safida boshladi va u jamoaning muqobil sardor etib tayinlandi.
2016-yil 30-avgustda Patrice Cormier „Manitoba Moose“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi. Bu shartnoma uning klub safida 2016—2017-yilgi mavsumda ham harakat qilishini anglatar edi. 2017-yil 5-iyulda u klub bilan yana bir yillik yangi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.
Shundan soʻng, Patrice Cormier Shimoliy Amerikani tark etishni maʼqul koʻrdi va 2018-yilning 2-iyulida Qozogʻistonning KHL vakili „Barys Astana“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi. Patrice Cormier klub safida 2018—2019-yilgi mavsumda 56 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
2019-yil 4-may kuni Patrice Cormier Rossiyaning „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
„Ak Bars Kazan“ xokkey klubidagi ikki mavsumdan soʻng, Patrice Cormier klubni erkin agent sifatida tark etdi. 2021-yil 3-mayda Patrice Cormier Yekaterinburgning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Patrice Cormier Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamaosi safida 2009-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha IIHF jahon chempionatida terma jamoaga oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi . 2010-yilgi musobaqada Patrice Cormier Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi sardori sifatida ishtirok etdi. Bu musobaqada u terma jamoaning kumush medalni qoʻlga kiritishiga koʻmaklashdi .
Shaxsiy hayoti Patrice Cormier 2016-yilda Tanya ismli ayol bilan oila qurgan. Uning akasi Kevin 2004-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi bosqich tanlovi asosida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga qoʻshilgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2004—2005Moncton Gagnon BeaversMJAHL31481235—————2005—2006Moncton Gagnon BeaversMJAHL4321274841—————2006—2007Rimouski OcéanicQMJHL5311102173—————2007—2008Rimouski OcéanicQMJHL51182341849459102008—2009Rimouski OcéanicQMJHL54232851118134610302009—2010Rimouski OcéanicQMJHL2811152657—————2009—2010Rouyn-Noranda HuskiesQMJHL30557—————2009—2010Chicago WolvesAHL—————900082010—2011Chicago WolvesAHL1123514—————2010—2011Atlanta ThrashersNHL211124—————2011—2012St. Johnʼs IceCapsAHL561815337515303122011—2012Winnipeg JetsNHL90000—————2012—2013St. Johnʼs IceCapsAHL35741169—————2012—2013Winnipeg JetsNHL100007—————2013—2014St. Johnʼs IceCapsAHL61917269821257222013—2014Winnipeg JetsNHL90337—————2014—2015St. Johnʼs IceCapsAHL471292174—————2014—2015Winnipeg JetsNHL10000—————2015—2016Manitoba MooseAHL6515173273—————2015—2016Winnipeg JetsNHL20000—————2016—2017Manitoba MooseAHL69131629101—————2017—2018Manitoba MooseAHL692221431269112382018—2019Barys AstanaKHL5618224010111134352019—2020Ak Bars KazanKHL5611132444400002020—2021Ak Bars KazanKHL466142010915235102021—2022Avtomobilist YekaterinburgKHL42861463—————NHL jami5214518—————KHL jami2004355983173036945
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Kanada xokkeychilari