Yegor Vitalievich Chinakhov () () (2001-yil 1-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Yegor  Chinakhov hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasi bilan oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati Yegor  Chinakhov yoshligida oʻz shahrining „Avangard Omsk“ klubi tarkibida Kontinental xokkey ligasi (KHL) oʻyinlarida ishtirok etdi.

Yegor  Chinakhov 2020-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. Lekin Yegor  Chinakhov keyingi 2020— 2021-yilgi KHL mavsumida „Avangard Omsk“ xokkey klubi bilan professional faoliyatini davom ettirdi. Yegor  Chinakhov 2020-yil sentyabr oyida oyning eng yaxshi yangi xokkeychisi deb topildi. Yegor  Chinakhov mavsumning 32 ta oʻyinida maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan 17 ochko jamgʻardi.

Yegor  Chinakhov 2021-yilning 2-mayida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma asosida qoʻshildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Yegor  Chinakhov 2018-yilgi Hlinka Gretzky kubogida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi tarkibida Rossiya sharafini himoya qildi. Yegor  Chinakhov terma jamoa safida besh oʻyinda bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yakunda Rossiya terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yegor  Chinakhov 2019-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi safida yettita oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxsiy hayoti Yegor  Chinakhov sobiq xokkeychi Vitali Chinakhovning oʻgʻli hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti 2017— 2018 Omskie Yastreby MHL 4 1 4 5 2 — — — — — 2018— 2019 Omskie Yastreby MHL 37 8 8 16 4 — — — — — 2019— 2020 Ijstal Izhevsk VHL 2 2 1 3 0 — — — — — 2019— 2020 Omskie Yastreby MHL 56 27 42 69 16 — — — — — 2020— 2021 Avangard Omsk KHL 32 10 7 17 6 21 5 2 7 24 2021— 2022Cleveland Monsters AHL 1 1 0 1 0 — — — — — 2021— 2022Columbus Blue Jackets NHL 62 7 7 14 16 — — — — — KHL jami 32 10 7 17 6 21 5 2 7 24 NHL jami 62 7 7 14 16 — — — — —

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2018 Rossiya HG18 5 1 2 3 0 2019 Rossiya U18 7 2 1 3 4 2021 Rossiya WJC 4 5 1 0 1 0 Jami 17 4 3 7 4

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Rossiya xokkeychilari