Sławomir Konrad Peszko (; 1985-yil 19-fevralda tugʻilgan) — polshalik futbolchi, Wieczysta Kraków klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Peszko oʻz vatani Polshada Wisla Płock, Lech Poznań va Lechia Gdańsk klublari bilan chempionlik va kubok musobaqalarida gʻolib chiqqan. 2011—2015-yillar oraligʻida Peszko xorijda oʻynagan. 2011-yilda 1. FK Kölnga oʻtgan va Angliyaning „Wolverhampton Wanderers“ va Italiyaning „Parma“ bilan qisqa muddat oʻynagan.

Peszko 2008—2018-yillarda 10 yil davomida Polsha milliy terma jamoasi futbolchisi bo‘lgan hamda 2016-yilgi Yevro va 2018-yilgi jahon chempionatida Polshani himoya qilgan.

Faoliyati

Klublardagi faoliyati Peszko oʻz faoliyatini Nafta Jedlicze yoshlar safida boshlagan. Keyin Wisła Płockga oʻtgan. 2002-yilning 28-avgustida Polsha kubogi doirasidagi „Jagiellonka Nieszawa“ga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazdi. 2002—2003-yilgi mavsumda ligadagi debyutini oʻtkazdi.

Wisła Płock bilan 2006-yilda Polsha kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Oʻsha mavsumda UEFA kubogi musobaqasining saralash bosqichida qatnashdi. thumb|275x275px| Peszko 2010-yilda Lech Poznańda 2008-yil iyun oyida Płock bilan shartnomasi tugaganidan keyin Lech Poznań bilan shartnoma imzoladi. Ikkinchi mavsumida Peszko ligada 14 ta golli uzatmasi bilan yetakchi assistent boʻldi.

Peshko 2011-yilning yanvarida Bundesligaga oʻtdi va dastlab mavsum oxirigacha 1. FK Köln bilan oʻynadi. Uning shartnomasi mavsum davomida uzaytirildi, ammo klub quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum tugashiga oz vaqt qolganda Peszko mashinada mast holda harakat qilgani uchun hibsga olindi, bu esa unga 25 000 yevro miqdorida jarima solinishiga sabab boʻldi.

2012-yil 9-avgustda Peszko Angliyaning Wolverhampton Wanderers jamoasiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Oʻsha mavsum „boʻrilar“ning birinchi ligaga tushib ketishi va Peszkoning Colognega qaytishi bilan yakunlandi.

2013-yil 31-iyulda 1. Köln klubi Peszkoni Italiyaning „Parma“ klubiga sotdi. 2013—2014-yilgi mavsumda ijarada oʻynadi.

2015-yilda Lechia Gdańsk jamoasiga kelib qo‘shildi va 2018—2019-yilgi Kubok va 2019-yilgi Superkubokni qo‘lga kiritdi. 2019—2018-yilgi mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

2020-yil 15-iyun kuni Wieczysta Krakówning havaskorlar klubiga qo‘shildi.

Xalqaro faoliyati Peszko 2008-yilning 19-noyabrida Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:2) Polsha terma jamoasi safida debyut qildi. Polsha terma jamoasidagi ilk golini 2010-yilning 17-yanvarida Daniyaga qarshi oʻyinda urdi, jamoa 1:3 hisobida yutqazib qoʻydi.

2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaLigaKubokYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWisła Płock2002—2003Ekstraklasa4040-802003—2004201--2012004—200520260-2622005—200621192203232006—200721294-3062007—2008I liga261610-2716Jami112222962014328Lech Poznań2008—2009Ekstraklasa250721034252009—2010288202232102010—201115321102276Jami6811113227101211. FC Köln2010—2011Bundesliga11000-1102011—201232220-3422013—20142. Bundesliga24320-2632014—2015Bundesliga18010-190Jami85550-905Wolverhampton Wanderers (ijara)2012—2013Chempionship13030-160Lechia Gdańsk2015—2016Ekstraklasa27210-2822016—201729300-2932017—201825410-264Jami81920-839Jami faoliyati3594750924743363

Xalqaro

Polsha Yil Ishtirok Gollar 2008-yil 1 0 2009-yil 6 0 2010-yil 9 1 2011-yil 8 0 2012-yil 1 0 2013-yil 2 0 2014-yil 2 0 2015-yil 6 1 2016-yil 7 0 2017-yil 1 0 2018-yil 1 0 Jami 44 2

Xalqaro Gollar Hisob va natija birinchi boʻlib Polshaning gollar sonini koʻrsatadi. +Sławomir Peszko tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiT/rSanaJoyRaqibHisobUmumiy natijaMusobaqa1.17.01.201080th Birthday Stadium, Nakhon Ratchasima, TailandQirol kubogi 20102.29.03.2015Aviva Stadium, Dublin, IrlandiyaUEFA Yevro-2016 saralashi Yutuqlari

Wisla Płok

Polsha kubogi: 2005—2006, ikkinchi oʻrin 2002—2003 Polsha Superkubogi: 2006-yil

Lech Poznań

Ekstraklasa: 2009—2010 Polsha kubogi: 2008—2009 Polsha Superkubogi: 2009-yil

Lechia Gdańsk

Polsha Superkubogi: 2019 Polsha kubogi: 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari