Daniel Wende (talaffuzi: Daniyel Vende; 1984-yil 24-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan germaniyalik figurali uchuvchi. Maylin Wende bilan birga 2010 Trophée Eric Bompard musobaqasining bronza medali sovrindori, 2013 Nebelhorn Trophy turnirining kumush medali sovrindori va ikki karra Germaniya chempioni boʻlgan. Ular ikki marta Qishki Olimpiada oʻyinlarida (2010, 2014) qatnashgan, Yevropa chempionatida (2011, 2014) oltinchi oʻrindan joy olgan.
Faoliyati Wende akkalik holda konkida uchish bilan shugʻullana boshlaganidan soʻng, 16-17 yoshida juftlikda konkida uchishga oʻtgan. Uning birinchi sherigi Rebecca Handke edi. Bu juftlik ikki marta Germaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan va keyingi ikki yilda kattalar toifasida huddi shu turnrda ishtirok etib, kumush medalini qoʻlga kiritgan. Ular besh marta Yevropa chempionatida qatnashib, oltinchi oʻrindan joy olgan (2005).
Maylin Wende (Hausch) bilan juftlikda Daniel Wende 2008-yilning sentyabrida Hausch bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Ular Oberstdorfda mashgʻulotlar oʻtkazgan va juftlikka Karel Fajfr murabbiylik qilgan.
2010 — 2011-yilgi mavsumda Hausch / Wende juftligi Gran-pri turnirining 2010 Trophee Erik Bompard bosqichida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2011 — 2012-yillarda bu juftlik 2011 Nebelhorn Trophy musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 2011 Skate America musobaqasida sakkizinchi o‘rinni egallaganlar.2012-yilgi Yevropa chempionatida Hausch / Vende juftligi yettinchi oʻrindan joy olgan.
Hausch / Wende juftligning 2012 — 2013-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlari ularning oilalaridagi vafotlar va kasalliklar tufayli kech boshlandi; Natijada, juftlik 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasini tark etishdi. Wende 2012-yilning kuzida umurtqa pog‘onasi ogʻrigʻidan azob chekdi. Juftlik 2013-yili oʻtkazilgan Germaniya chempionatini tark etishdi.
Dasturlari
Hausch bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2013/2014 November Rain David Garrett Your Highness Steve Jablonsky2011/2012 Music (is My First Love) John Miles Your Highness Steve Jablonsky2010/2011 El Tango de Roxanne The Police Prince of Persia Harry Gregson-Williams2009/2010 Black Machine (Dance with Me) Move to the Big Band Ben Liebrand Alexander Vangelis2008/2009 Black Machine (Dance with Me) Move to the Big Band Ben Liebrand Alexander Vangelis
Natijalari
Hausch bilan Natijalar Xalqaro Musobaqa 2008/09 2009/10 2010/11 2011/12 2012/13 2013/14 2014/15 Olimpiada 17 13 Jahon chempionati 15 14 12 13 13 Yevropa chempionati 8 9 6 7 WD 6 GP Bompard 3 Rossiya GP kubogi WD WD GP NHK Trophy 7 GP Skate America 8 Bavarian Open 1ㅤ 1ㅤ Nice kubogi 3 Ice Challenge 4 1ㅤ 2 Nebelhorn 7 5 4 2 Ondrej Nepela xotirasi 1ㅤ Milliy Germaniya chempionati 2 1ㅤ WD 1ㅤ WD 2 GP = Gran-pri; WD = musobaqani tark etgan Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar