Christina Beier (talaffuzi: Kristina Beyer; 1984-yil 9-iyun, Manila, Filippin) — Filippinda tugʻilgan Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Akasi William Beier bilan juftlikda konkida uchgan. Christina qisqa vaqt ichida akasi bilan boʻlgan hamkorligini toʻxtatgan va bsohqa sherigi Tim Giesen bilan bir mavsum davomida birga musobaqalarda chiqish qilgan. Beier & Beier juftligi toʻrt karra (2005-2006, 2008, 2010) Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati Beierlar 1990-yilda Filippindan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. Christina Beier yetti yoshida konkida uchishni boshlagan. U ikki yil davomida yakka holda konkida uchgan va keyin akasi William Beier bilan muz ustida raqs bilan shugʻullangan. Ular 2005 — 2006 va 2008—2010-yillarda Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan.
Christina oyogʻidan jarohat olgani sabab, Bierlar juftligi 2006—2007-yilgi mavsumda ishtirok etmadilar. 2008-yil fevral oyida jarohat tufayli ular 2008-yilgi Jahon chempionatini ham tark etishgan.
2008-yil may oyida Beierlar juftlikda birga uchmasliklarini va hamkorligini tugatishini eʼlon qilgan. Christina Beier Tim Giesen bilan juftlik hosil qilgan va 2008—2009-yilgi mavsumda u bilan musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha mavsumdan keyin Christina yana akasi bilan musobaqalarda chiqa boshlagan. Ular murabbiylari Albena Denkova va Maksim Staviskiy bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazishgan. William Beierning tizzalarida muammo borligi sabab, baʼzi musobaqalarda qatnashishmagan. Beierlar 2010-yilda konkida uchish faoliyatini yakunlagan.
Natijalari GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
William Beier bilan XalqaroMusobaqa01-0202-0303-0404-0505-0607-0809-10Olimpiya18ㅤJahon chempionati20ㅤ13ㅤYevropa chempionati16ㅤ15ㅤ13ㅤ15ㅤ15ㅤ Bompard6ㅤBofrost Cup6ㅤFinlandia4ㅤIce Challenge3Karl Schäfer xotirasi3Nebelhorn32ㅤOndrej Nepela2ㅤXalqaro: OʻsmirlarOʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp.15ㅤ11ㅤ5ㅤEYOF2ㅤNationalGermaniya chemp.21ㅤ1ㅤ2ㅤ1ㅤ1ㅤ1ㅤ1ㅤ
Tim Giesen bilan Milliy Mavsum 2008 — 2009 Germaniya chempionati 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar