thumb|Chelou kabob goʻsht va guruchdan tayyorlanadigan eronliklarning mashhur taomi boʻlib, odatda sariyogʻ va koʻkatlar bilan isteʼmol qilinadi. Eron oshxonasi dunyodagi eng qadimgi, noyob va nufuzli oshxonalardan biridir. Eron oshxonasi yunon, turk, arab va hind oshxonalariga katta taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, Eronning tarixiy nomidan kelib chiqib, uni „Fors milliy taomlari“ deb ham atashadi.
Guruch eronliklar ovqatlanish ratsionidagi asosiy mahsulotdir. Bundan tashqari goʻsht (asosan qoʻy goʻshti) ham eronliklarning deyarli har bir ovqatlanish mahalida uchraydi. Koʻkatlar va piyoz eron milliy taomlarida muhim ahamiyatga ega mahsulot boʻlib, deyarli har bir taomda ishlatiladi. Maʼlumki, chorvachilik uzoq vaqtdan beri bu mamlakatning qadimiy tarmogʻlaridandir. Xususan, sut, pishloq va ayniqsa qatiq kabi sut mahsulotlari eronliklarning dasturxonida doim uchraydi. Haqiqiy Eron pazandachiligi nozik taʼmlarni yaratishga va qayla va kabob kabi nisbatan oddiy taomlar bilan taomlar tayyorlashga moyildir. Eronda ishlatiladigan eng mashhur ziravor zaʼfarondir; Ammo boshqa koʻplab taʼm beruvchi qoʻshimchalar, jumladan, limon, yalpiz, zardchova, gulob, shuningdek, anor va yongʻoq kabilar eron milliy taomlarida keng foydalaniladi.
Guruchdan tashqari non ham eronliklar ovqatlanish rejimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Barbari, Taftan, Lavash va Sangaki kabi non turlari sevib isteʼmol qilinadi. Eronliklar Chelou turlarini tayyorlashda tah-e dig, Zirk, zaʼfaron va Ojil foydalanadilar. Bu mamlakatdagi umumiy ovqatlanish maskanlarida birinchi taom sifatida kabob taklif etiladi. Kabobning keng tarqalgan turlariga kabobi baxtiyori, chelou kabob, joʻja kabob va Kubide kabobi kiradi.
Baliqli sabzi palov, Obgusht, doʻlma, zereshk palov, sabzi palov, fasenjon, qorme sabzi va mirzoqosimi kabi taomlar eronliklar dasturxoniga rang-baranglik bagʻishlaydi.
Eron shirinliklarining barcha turlari ham disert sifatida isteʼmol qilinadi. Masalan, ranginak, folude va eron muzqaymoqlari bu mamlakatning eng mahhur disertlaridandir. Eronliklar nonushtasi oʻziga xos menyuga ega. Tushlik asosiy taom, kechki ovqat esa odatda engilroq boʻladi. Eron ikrasi dunyoda mashhurdir va bir vaqtlar Eron dunyodagi birinchi ikra ishlab chiqaruvchi davlat boʻlgan.
Tarixi Eron afsonalarida aytilishicha, ovqat pishirish Zahhok hukmronligi davridan boshlangan. Undan avval devlar bu hunar bilan tanish boʻlishgan va mazali osh va boshqa taomlarni pishirishgan. Pahlaviy tilida bitilgan manbalar orasida Xosrov Kvatan va Ritekning (Xosrov va Ridg) risolasida xoʻreshlar, ovqatlar va sosoniylar davrida ular qanday isteʼmol qilinishi haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan. Bu eron oshpazlik tarixini tayyorlashda ishonchli manba hisoblanadi.
Eronning bir qancha milliy taomlari va pazandachilik atamalarining forscha nomlarining arabchalashgan shakllari arab manbalarida uchraydi. Arab tilida pishirish boʻyicha koʻplab kitoblar mavjud boʻlib, ularning barchasi fors taomlari taʼsirida boʻlgan va shuning uchun ularda koʻplab forscha atama va soʻzlarni topish mumkin. Buning sababi shundaki, Abbosiy xalifalari koʻp sonli eronliklarni maʼmuriy va ish yuritish ishlariga jalb qilgan va buning natijasida arablar hayotiga fors oshxonasi elementlari va fors urf-odatlari kirib kelgan. Xususan, bu Abbosiylar davrida ham davom etgan. Fors tilida 4 ta mustaqil pazandachilik kitoblari mavjud:
Hoji Muhammad Ali Belorchi Bagʻdodiyning pazandachilik va uning sanoati boʻyicha ish kitobi. Bu kitob Shoh Ismoil davrida yozilgan Nurullohning Madal al-Hiyova asari. U Shoh Abbosning oshpazi boʻlgan. „Shoh Jahon nusxasi“ Hindistondagi Boburiy shohlaridan biri Shoh Jahon (1027-1068) davrida yozilgan. Nodir Mirzo „Kornome“ asari. Nodir Mirzo Qojarlar davridagi yozilgan „Tabriz tarixi“ kitob muallifi hamdir.
Eron oshxonasi Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya bilan oʻxshashliklarga ega, chunki bu mamlakatlarning barchasi Eron oshxonasidan taʼsirlangan va Buyuk Eron madaniy sohasining bir qismidir.
Galereya
Eron taomlari roʻyxati Forscha nomiOʻqilishiForscha nomiOʻqilishiآشāshاشکنهeshkeneباقلاپلوbāghla poloبریان (بریون)beryanترشیtorŝiحلواhalvāخاگینهxāgineخورش قیمهkhorešسمبوسهsamboseشربتšarbatشله زردšole zardآبگوشتObgushtشیربرنجširberenjشیرینپلوširin polouعدسپلوadas polouهلیمHalim (ovqat)قلیه ماهیgheliye Mahiقلیه میگوgheliye MeyguفرنیFerniعدسیadasiکاچیKochiکبابkabābکله پاچهkale pāčeکلوچهKoločeکوفتهkufteآلبالوپلوālbālu polouدلمهdolmeدمپختکDempaxtakرشتهپلوreshte polouکوکوkukuزرشکپلوzerešk polouسبزیپلوsabzi polouکتلتkotletکلمپلوKalampelyoکلهجوشKalejushلوبیاپلوlubiyā polouمیرزاقاسمیmirza ghāsemiنخودپلوnoxud polouیتیمچهyatimčeترخینهtarxineتهچینtahčinکباب چنجهkabāb-e čenjeفسنجانfesenjānشیشلیکšišlikقورمهسبزیQorme sabziتخم مرغ گوجهtoxm-e morgh-e gujeکشک بادمجانkashk-e bademjanهلیم بادمجانhalim bademjān
Mavzuga oid maqolalar
Eron taomlari ro'yxati Mozandaron oshxonasi Ozarbayjon oshxonasi Gilon oshxonasi Kurd oshxonasi
Manbalar
Adabiyotlar
Tashqi havola
Eron madaniyati va oshxonasiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar (ingliz tilida) dunyo_oshxonasi Turkum:Dunyo oshxonasi