Brandon Michael Frazier (talaffuzi: Brandon Maykl Freyzer; 1992 yil 19-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Alexa Knierim bilan birga 2022-yilgi Jahon chempioni, 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2021-yili AQShning milliy chempioni va uch karra Gran-pri chempioni boʻlgan.
Oʻzining sobiq sherigi Haven Denney bilan birga ikki karra Skate America turnirining kumush medali sovrindori (2014, 2016), 2014 CS Lombardia Trophy chempioni, 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 2017-yili AQShning milliy chempioni boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Brandon Frazier Arizona shtatining Phoneix shahrida tugʻilgan.
Faoliyati Brandon Frazier va Haven Denney birinchi marta 2002-yilda muz ustida raqsga tushishdan oldin figurali uchuvchilar sifatida juftlik hosil qilishgan. Figurali uchish boʻyicha ular 2005-yildan 2008-yilgacha Jim Peterson va Lyndon Johnston murabbiyligida uch mavsum davomida birga musobaqalarda qatnashishgan. Balogʻatga yetmaganlar darajasidagi ikki mavsumda ishtirok etgandan soʻng juftlik bir darajaga koʻtarilgan va 2008-yilda AQSh chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2011 — 12-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri Danney / Frazier juftligi 2011-yil bahorida yana birlashgan. Ular 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida Latviya va Avstriyada boʻlib oʻtgan bosqichlarda 8 va 7-oʻrinlarni egallashgan. Juftlik 2012-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar darajasi unvonini qoʻlga kiritgan va 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun tayinlangan hamda u yerda 4-oʻrinni egallagan. Bu juftlikka 2012-yilning kuzigacha Colorado shtatining Colorado-Springs shahrida Dalilah Sappenfild murabbiylik qilgan.
2012 — 13-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni unvoni 2012 — 2013-yilgi mavsumda Denney / Frazier juftligi Nyu-Yorkning Lake Plasid shahrida boʻlib oʻtgan 2012 — 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida 4-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.
2013 — 2014-yilgi mavsum: Gran-pri debyuti Juftlik 2013 — 2014-yilgi mavsumdagi Gran-pri musobaqasining 2013 Skate Canada International va 2013 NHK Trophy bosqichlarida beshinchi oʻrinni egallagan. Ular 2014-yilgi AQSh chempionatida beshinchi, keyin esa 2014-yilgi AQSh chempionatida toʻrtinchi oʻrindan joy olishgan.
Dasturlari (Haven Denney bilan) MavsumQisqa dasturErkin dastur2019 — 2020 Quidam The Lion King 2018 — 2019 Billie Jean Irrepressibles selection2017 — 2018 All Of Me Who Wants to Live Forever
Natijalari GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Haven Denney bilan Xalqaro Musobaqa 05 — 06 07 — 08 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 Jahon chempionati 12 20 Yevropa chempionati 4 7 8 5 Golden Spin 4 Lombardia 1 Nebelhorn Trophy 6 Nepala Memorial 4 US Classic 4 Nepela Trophy 4 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 4 1 Avstriya 7 Latviya 8 AQSh 4 Milliy AQSh chempionati 10-V 3-I 1-J 5 5 2 1 5 2 5 Darajalar: V = Voyaga etmaganlar; I = Oʻrta; J = oʻsmirlar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar