Charles Allen White Jr. (talaffuzi: Charlz Allen Uayt; 1987-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan amarelikalik sobiq muz raqqosi. Sherigi Meryl Davis bilan birga 2014-yilgi Olimpiya chempioni, 2010-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, ikki karra (2011, 2013) Jahon chempioni, besh karra Gran-pri finali chempioni (2009-2013), uch karra Toʻrt qitʼa chempioni (2009, 2011, 2013) va olti karra AQShning milliy chempioni (2009-2014) boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti White Michigan shtatining Royal Oak shahrining Detroyt chekkasida tugʻilgan. UMichigan universitetiga siyosatshunoslik boʻyicha oʻqishga kirgan. White ilgari xokkeychi sifatida musobaqalarda qatnashgan va jamoasiga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam bergan. White hozir Michigan shtatining Enn Arbor shahrida istiqomat qiladi.
Faoliyati Charlie White 1997-yilda murabbiyi Set Chafetz taklifiga binoan Meryl Davis bilan juftlik hosil qilgan.
Davis / White juftligi oʻzlarining birinchimavsumida oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1999 — 2000-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2000 — 2001-yilgi mavsumda ular 2001-yilgi AQSh chempionatida yangi konkida uchuvchilar qatorida 6-oʻrinni egallagan. 2001 — 2002-yillarda juftlik huddi shu toifada kumush medalni qoʻlga kiritgan, soʻng oʻsmirlar darajasiga koʻtarilgan. 2002 −2003-yilgi mavsumda juftlik ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashib ikkalasida ham medal yuta olmagan va 2003-yilgi AQSh chempionatida 7-oʻrinni egallagan.
Oʻsmirlar darajasi 2003 — 2004-yilgi mavsumda Davis / White juftligi oʻzining hudud chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻsmirlar oʻrtasidagi Milliy chempionatda kumush medal sohibiga aylanishgan. Bu natija ularga 2004-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etgan va u yerda juftlik 13-oʻrindan joy olgan.
2004 — 2005-yilgi mavsumda Davis / White juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Biroq, White toʻpigʻini sindirib olgani tufayli juftlik 2005-yilgi AQSh chempionatida qatnasha olmagan. Ularning mavsumi shu yerda tugagan.
Davis / White juftligi 2005 — 2006-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etib, medallar qoʻlga kiritgan va Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2006-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan, keyin esa 2006-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylanishgan. Oʻsha mavsumdan soʻng Davis „Oʻsmirlar“ safidan chiqib ketgan.
Dasturlari (2018 — 2019) Mavsum Dasturlari 2018 — 2019 „Lilac Wine“
Queen Medley 2017-2018 „Elastic Heart“
„Hold my Hand“
„Breathing Underwater“
„Lay Low“
„Orpheus and Eurydice“ — Immortal Love
„Eros and Psyche“ — Di quella pira
Natijalari (Davis bilan 2006 — 2014) Natijalari Xalqaro Event 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11 2011 — 12 2012 — 13 2013 — 14 Olimpia 2 1 Jahon chempionati 7 6 4 2 1 2 1 Toʻrt Qitʼa chempionati 4 2 1 1 2 1 GP Final 3 1 1 1 1 1 Milliy AQSh chempionati 3 2 1 1 1 1 1 1 Jamoaviy musobaqalar Olimpiya 3 T 1 P Jahon chempionati 2 T 1 P GP = Grand Pri T = Jamoaviy natija; P = shaxsiy natija;
Manbalar
Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar