Yuriy Stepanovich Klushkin ( 1937-yil 7-fevralda tugʻilgan, Farg‘ona , Oʻzbekiston SSR ) — sovet va qozoq musiqachisi, konsert ijrochisi, orkestr artisti, musiqachi pedagog, professor . Qozogʻiston SSR xalq artisti (1984). Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1971).
Qurmong‘ozi nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasining puflama va zarbli cholgʻu asboblari (surnay) kafedrasi professori (1987-yildan).
Biografiyasi Asli kelib chiqishi farg‘onalik (O‘zbekiston SSR) Klushkin 1937-yil 7-fevralda tug‘iladi .
U 1955—1960-yillarda Ashrafi nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining konsert ijrochisi puflama cholg‘u asboblari (surnay) fakultetida tahsil oladi.
Klushkin 1960—1961-yillarda Qurmang‘ozi nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasida konsert ijrochisi, orkestr artisti, o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha tahsil oladi .
U 1956—1959-yillarda M.Gorkiy nomidagi Davlat rus drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritadi. Klushkin 1959—1960-yillarda — O‘zbek davlat sahnasining surnaychisi, 1960—1962-yillarda Qozog‘iston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Televideniye va radioeshittirish qo‘mitasi estrada orkestri (surnaychi) bo‘ladi. 1962-yildan — 1979-yilgacha Qozog‘iston SSR Davlat simfonik orkestri ijrochisi.
Klushkin 1967-yildan Qurmang‘ozi nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi, 1977-yildan esa shu konservatoriya dosenti, 1979-yildan—1986-yilgacha o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1987-yildan — professor bo‘ladi .
U 1986-yildan Davlat simfonik orkestri surnaychilar guruhining konsertmeysteri bo‘ladi . 1987-yildan—2001-yilgacha — Qurmang‘ozi nomidagi Olma-Ota davlat konservatoriyasining puflama va zarbli cholg‘u asboblari kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib boradi .
Diskografiyasi
1988-yil — "Yuriy Klushkin ijrosida" plastinkasi 2007-yil — "Surnay o‘ynatish" diski
Mukofotlari
1971-yil — Qozog‘iston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist; 1984-yil — Qozog‘iston SSR xalq artisti; 2002-yil — Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning Faxriy yorlig‘i. 2004-yil — Parasat ordeni; 2011-yil – “Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” medali; Qozog‘iston Respublikasi ta’lim a’lochisi; Qozog‘iston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan ta’lim xodimi; 2017-yil – Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Millat yetakchisining madaniyat sohasidagi davlat stipendiyasi; 2019-yil (29-noyabr) – “Oltin Voris” oltin ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining tashakkurnomasi; 2022-yil (16-fevral) — Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz musiqa san’atini rivojlantirishdagi fidokorona mehnati va Klushkin tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi; 2022-yil (16-fevral) – “Qozog‘iston mehnat faxriysi” medali.
Ilmiy ishlar
Qozoq kompozitorlarining truba va fortepiano uchun asarlari / "Sovet bastakori" Butunittifoq nashriyoti (1983, Moskva ) Qozogʻiston kompozitorlarining truba va fortepiano uchun asarlari (2009, Olmaota ) Qozogʻiston kompozitorlarining truba va pianino uchun asarlari toʻplami (2012, Olmaota )
Manbalar
Adabiyot
Клушкин, Юрий Степанович // Казахстан. Национальная энциклопедия (рус.). — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2005. — Т. III. — ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)
Turkum:Parasat ordeni sohiblari Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:7-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston konservatoriyasi bitiruvchilari