Predrag Radosavljević (; ; 1963-yil 24-iyunda Belgradda tugʻilgan) — serb millatiga mansub boʻlgan amerika futbolchisi va futbol murabbiyi. Yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Uning tahallusi Preki hisoblanadi. Futbolchi „Kansas City Wizards“ futbol klubi va AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1998-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati „Chukarički“ jamoasi bitiruvchisi Preki 1982-yilda „Crvena Cvezda“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganMonografija: 85 godina SD Čukarički (page 91&92) . 1985-yilning yozida „Tacoma Stars“ futzal klubi murabbiyi Belgraddagi turnirda Predragni payqab qolgan va unga shartnoma taklif qilgan. Preki AQShga koʻchib oʻtgan va u yerda besh mavsum davomida yangi jamoada oʻynagan. 1989-yilning yozida u Amerika fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan, shuningdek, oʻzini xalqaro miqyosda koʻrsatish imkoniyatini qoʻlga kiritish uchun katta futbolga qaytishga qaror qilgan. Preki 1990-yilgi mavsumni Shvetsiyaning „Rasslats“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻsha yilning avgust oyida u „St. Louis Storm“ futzal klubiga koʻchib oʻtgan. Shunga qaramay, u 1992-yilda Angliyaning „Everton“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 100 ming funtni tashkil qilgan. Angliyada Preki zaxira oʻyinchisi boʻlib, asosan zaxiradan maydonga tushgan, shuning uchun 1994-yilda u yana AQShga qaytib, „San Jose Grizzlies“ futzal klubida futbolchiga aylangan. Tumanli Albionda oʻz oʻrnini egallashga ikkinchi urinish oʻsha yilning yozida amalga oshirilgan. U „Portsmouth“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan, lekin birinchi marta boʻlgani kabi, Preki tezda Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytib kelgan.
1996-yilda MLS tashkil etilishi bilan Preki liga bilan shartnoma imzolagan va tez orada „Kansas City Wizards“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. Predrag tezda jamoa yetakchisiga aylangan. 2000-yilda u klubga MLS kubogini yutishda yordam bergan. U, shuningdek, ikki marta MLSning eng qimmat futbolchisi deb topilgan yagona futbolchi boʻlgan. 2001-yilda Preki „Miami Fusion“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va klubda faqat bir mavsum MLS Supporters’ Shield turniriga ishtirok etgan. Oʻsha yili u „Kansas City Wizards“ futbol klubiga qaytib kelgan va u bilan birga Lamar Hunt kubogini qoʻlga kiritgan. 2005-yilda Preki soʻnggi oʻyinida gol urib, 42 yoshida faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati 1996-yil 3-noyabrda Preki AQSh terma jamoasida Gvatemalaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 1998-yilda u CONCACAF oltin kubogi bahslarida ishtirok etgan. Turnirda Predrag asosiy oʻyinchi boʻlgan va Kuba, Meksika terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda maydonga tushgan. Shuningdek, Kosta-Rika va Braziliyaga qarshi oʻyinlarda gʻalabali gollarni kiritgan. U terma jamoaning kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan. Oʻsha yili Predrag Fransiyadagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun ariza topshirgan va jamoadan joy olgan. Turnirda Eron va Yugoslaviya jamoalariga qarshi bahslarda qatnashgan.
Preki terma jamoa safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.
Statistika +MavsumJamoaOʻyin/Gol1982—1985FK Crvena Zvezda Beograd1 (0)1986— 1989Tacoma Stars? (?)1990 —1991St. Louis Storm? (?)1992—1994Everton Football Club46 (4)1994—1995Portsmouth Football Club40 (5)1995San Jose Grizzlies? (?)1996—2000Kansas City Wizards? (?)2001Miami Fusion? (?)2002—2005Kansas City Wizards? (?)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar