Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov (; 1999-yil 16-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sofya Polishchuk bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov 1999-yil 16-fevralda Rossiyaning Kirov tumani, Kirov shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
Faoliyatining boshlanishi Vaxnov 2003-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Sofiya Polishchuk bilan juftlik hosil qilgan.
Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2015 — 2016-yilgi mavsum Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.
Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
2016 — 2017-yilgi mavsum Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2022 — 2023-yilgi mavsum May oyida Vaxnov amerikalik Isabella Flores bilan juftlik hosil qilgani eʼlon qilingan.
Dasturlari
Polishchuk bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017 — 2018 Chilly Cha Cha
Hip Hip Chin Chin Black Swan2016 — 2017 Your Heart Is As Black As Night
That Man Romeo & Juliet2015 — 2016 Les feuilles mortes Ascolat La Voce2014 — 2015 Set Fire to the Rain One Day
Natijalari JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Polishchuk bilan Xalqaro: Oʻsmirlar Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 finali 3 Avstraliya 1 Fransiya 3 Italiya 2 Polsha 5 Sloveniya 2 Amerika Qoʻshma Shtatlari 3 Ice Star 3 NRW Trophy 3 Open dʼAndorra 1 1 1 Xalqaro Bavarian Open 2-n 1-N Ice Challenge 1-N NRW Trophy 1-B 3-n 1-N Milliy Rossiya chempionati9 10 6 4 4 Darajalar: B = Boshlangʻich daraja; N = yangi konkida uchuvchilar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar