Anastasia Cannuscio (talaffuzi: Anastasiya Kannussio; 1992-yil 1-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Colin McManus bilan birga 2013-yilgi Ice Challenge musobaqasining chempioni, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasining uch karra bronza medali sohibi va 2016-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Anastasia Cannuscio Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida dunyoga kelgan. U amerikalik muz raqqosasi Isabella Cannuscioning singlisi.

Faoliyati Cannuscio 2008-yilning mart oyidan boshlab Colin McManus bilan juftlik hosil qilgan. Juftlikka Karen Ludington, Christie Moxley-Hutson va Delaver shtatining Newark shahrida joylashgan Delaver universitetida Aleksandr Kirsanov murabbiylik qilishgan. Juftlik 2009-yilning kuzida Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-Pri musobaqasida debyut qilgan.

Cannuscio / McManus juftligi 2010-yilda Fransiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medal va 2011-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ular 2011-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanma qoʻlga kiritgan va chempionatda 7-o‘rindan joy olgan.

Cannuscio / McManus juftligi oʻzining kattalar toifasidagi debyutini 2011 Ondrej Nepela Memorial musobaqasida qilgan. Juftlik oʻzlarining ilk 2012 Skate America musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumdagi 2013-yilgi Ice Challenge turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.

2014 — 2015-yilgi mavsumda Cannuscio / McManus juftligi Finlandiya Trophy va US International Classic musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014 Skate America musobaqasida va 2015-yilgi AQSh chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan.

Cannuscio / McManus juftligi 2016-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2017-yilning may oyida konkida uchish faoliyatini tark etishlarini eʼlon qilgan.

Dasturlari (McManus bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2016 — 2017 Harlem Nocturne

Puttinʼ On The Ritz Time

Beyond The Sky

Time2015 — 2016 Cinderella

No 37 Waltz-Coda No 18 The Clock Ninth Symphony Moonlight Sonata Fifth Symphony2014 — 2015 Hora Zero

Ameksa Danse macabre

Transylvanian Lullaby

Danse macabre

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

McManus bilan Xalqaro Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 Chinese Cup 7 NHK 6 8 Skate America 7 5 5 Finlandiya 3 Nebelhorn 3 Ondrej Nepela 7 US Classic 6 8 3 Ice Challenge 1 Ondrej Nepela 5 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionatlari 7 Belarusiya 7 Fransiya 2 Yaponiya 4 Turkiya 7 Milliy AQSh chempionati 3-J 6 6 7 5 4 6 J = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchuvchilar Turkum:AQSh figurali sportchilari