Nyurnberg — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnits daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoqlar muzeyi) bor. Meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Metropoliten qurilgan.

N. Qoʻlyozmalarda 1050-yildan tilga olingan. 1219-yildan erkin shahar. XIV—XV asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806-yildan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 yillarda N. da Xalqaro harbiy tribunal Ikkinchi jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Nyurnberg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan shahar. Oʻrta Frankoniya tumani tarkibiga kiradi. Maydoni — 186,38 km2. Aholisi — 505 664 kishi (2010).

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari