Imoduddin Isfahoniy (1125-yilda tugʻilgan,1201-yilda vafot etgan) (toʻliq ismi:Imoddin Muhammad ibn Muhammad al-Katib al-Isfaxoniy) XII asrda oʻtgan tarixchi olimhttps://uz.zahn-info-portal.de/wiki/Imad_ad-Din_al-Isfahani. Hayoti Isfahonning nufuzli xonadonidan chiqqan va Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasida oʻqigan. Dastlab Bagʻdod xalifalari, soʻngra Mif hukmdorlari xizmatida boʻlgan. Dimishq hokimiga kotib boʻlganhttps://cyberleninka.ru/article/n/rol-imoduddina-isfahani-pri-dvore-sultana-nuriddina. Basra va Xalob noiblariga ham xizmat qilgan. Ilmiy faoliyati Imoduddin Isfahoniy „Nusrat al-fatra va ustrat al-fitra“ (Behollikka yordam va mezon uchun boshpana) nomli asar yozgan. Asar Saljuqiylar (1038-1194-yillar) tarixiga oid boʻlib, Saljuqiylar vaziri Anushirvon ibn Xolidning 1138-yilda fors tilida yozgan tarixiy asarining (qadim zamonlardan 1134-yilgacha bolgan voqealarni oʻz ichiga oladi) arabcha redaktsiyasi boʻlib, Imoduddin Isfahoniy voqealarni 1194-yilgacha davom ettirgan. Asarning toliq nusxasi maʼlum emas. Abulhaq al-Bundariy uni qaytadan, qisqartirib tahrirdan chiqargan. Imoduddin Isfahoniy asarining ushbu redaktsiyasi bizgacha yetib kelgan va „Zubdat an-nusra va nuxbat al-usra“ (Behollikka yordam va mejoz uchun boshpana kitobidan saylanma) nomi bilan bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Manbalar Muzaffar Ahmedov Aziz Fayzullayev:Oʻrganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixshunosligi va manbashunosligi (Eron).:Toshkent-2021
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Imoduddin Isfahoniy · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.