Siniša Saničanin (; 1995-yil 24-aprelda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Serbiya Superligasining Partizan klubi hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Saničanin professional faoliyatini Rudar Prijedorda boshlagan, 2015-yilda Borac Banja Lukaga qoʻshilgan. Keyingi yili Mladost Lučaniga oʻtdi. Bir yil oʻtgach, Saničanin Vojvodina bilan shartnoma imzoladi. 2021-yilda „Partizan“ga oʻtdi.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasi aʼzosi Saničanin 2020-yilda xalqaro miqyosdagi debyutini oʻtkazdi va shundan beri 19 oʻyinda maydonga tushdi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Saničanin Rudar Prijedor klubining yoshlar tarkibiga oʻynagan. 2013-yilning 14-sentyabrida 18 yoshida Olimpikga qarshi professional debyutini o‘tkazgan. 2014-yil 8-noyabrda Proleter Teslić darvozasiga birinchi professional golini urdi.

2015-yilning yozida Saničanin Borac Banja Lukaga oʻtdi.

2016-yilning yanvarida Serbiyaning FK Mladost Lučani jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2017-yil avgust oyida Vojvodinaga oʻtdi.

Partizan 2021-yil iyun oyida Saničanin 3 yillik shartnoma asosida Partizanga oʻtdi. Jamoadagi rasmiy debyutini 17-iyul kuni Proleter Novi Sadga qarshi oʻtkazdi. 26-avgust kuni „Partizan“ safidagi ilk golini UEFA Yevropa konferensiya ligasi pley-off bosqichida Santa Claraga kiritdi. Oʻn toʻrt oy oʻtgach, TSC Bačka Topolaga qarshi oʻyinda birinchi ligadagi golini kiritdi.

Xalqaro faoliyati Saničanin Bosniya va Gersegovinanining turli yosh terma jamosini himoya qilgan.

2020-yil mart oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash pley-offiga birinchi chaqiruv oldi, ammo, maydonga tushmadi. 4-sentyabrda 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi Italiyaga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Shaxsiy hayoti Saničanin 2021-yil yanvar oyida sevgilisi Teodoraga uylandi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRudar Prijedor2013—2014Bosniya Premyer-ligasi2000-202014—2015RS birinchi ligasi22130-251Jami24130-271Borac Banja Luka2015—2016Bosniya Premyer-ligasi18120-201Mladost Lučani2015—2016Serbiya Superligasi141--1412016—2017Serbiya Superligasi24120-2612017—2018Serbiya Superligasi10000010Jami3922000412Vojvodina2017—2018Serbiya Superligasi21030-2402018—2019Serbiya Superligasi28030-3102019—2020Serbiya Superligasi28040-3202020—2021Serbiya Superligasi2032010233Jami973120101103Partizan2021—2022Serbiya Superligasi270101414212022—2023Serbiya Superligasi1110050161Jami38110191582Jami faoliyati21682002012569

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2020 8 0 2021 6 0 2022 5 0 Jami 19 0

Yutuqlari Rudar Prijedor

RS Birinchi ligasi: 2014—2015

Vojvodina

Serbiya kubogi: 2019—2020

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar