Maulen Sagʻatxanuli Ashimbaev (; 1971-yil 28-yanvar, Olmaota) — iqtisodchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining V chaqirigʻining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi boʻlgan, "Nur Otan" partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (2018-2019)Qazaq televiziyasi. Ensiklopediya. — Almati: „QazAqparat“, 2009, 1-t. — 640 b. ISBN 978-601-03-0070-5.
Biografiyasi Katta juzning alban qabilasidan chiqqan.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetin tamomlagan (1993), iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Siyosiy fanlarining. "Hurmat" ordeni bilan taqdirlangan.
Xizmat yoʻli Universitetni tamomlagandan soʻng 1993-1994-yillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari vazirligi tizimida ishladi.
1994-1995-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatining yordamchisi.
1995-yilgi iyun-noyabr oraligʻida — Xavfsizlik Kengashi xodimlarining maslahatchisi boʻlgan.
1995-1999-yillar oraligʻida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Hokimligining Tahlil va strategik tadqiqotlar markazinig bosh eksperti, sektor mudiri, shu markaz yetakchisining birinchi o‘rinbosari.
1999-2000-yillari — Xavfsizlik kengashi tadqiqot markazining rahbari.
2000-2002-yillari — Xavfsizlik kengashi tahlil markazining rahbari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2002-2005-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2005-2006-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2006-2011-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.
2012-yilgi fevralidan boshlab V chaqiriqda saylangan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisining deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib saylangan. "Nur Otan" Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, partiya roʻyxati boʻyicha saylangan.
2018-yil 1-fevraldan boshlab — „Nur Otan“ partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, qosimsha mәtіn..
„Hurmat“ ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yili Jon Xopkins universitetining Xalqaro tadqiqotlar maktabida (AQSh) ilmiy stajirovkadan oʻtti.
Ingliz tilini yaxshi biladi.
Oilali, uch farzandi bor.
Manbalar
Havolalar Majilisning tarkibi va tuzilishi, Maulen Sagathanuli Ashimbaev
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:28-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Qozoq milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar