thumb| Yaponcha yakisoba - pan taomi Yakisoba-pan (yapon tilida yakisoba pan ) — yakisoba koppe-pan deb nomlanuvchi amerika usulidagi hotdog bulochkasiga oʻxshash choʻzinchoq oq nonning o'rtasiga qoʻyilgan mashhur yapon taomidir. Bu taom yuqori uglevodli oziq-ovqat mahsuloti asosan qovurilgan bu taom asosan bug'doy unidan tayyorlangan lag'mon bilan to'ldirilgan sendvichdir. Omura xalqi buni qisqacha "Yapon lag'monili bulochka" deya ta'riflaydi. Behymer esa bu taomni "spagetti sendvichi" deb nomlaydi va u yaponcha qovurilgan lag'mon sendvichi sifatida ham tasvirlangan. Uning ko'plab animelarda ko'rinishi yakisoba-panning "Yapon taomlari ruhi" madaniyatining ajralmas qismiga aylanganidan dalolat beradi. Qolaversa, “ Xanataba mitaina koi o shita ” [Men guldastadek sevib qoldim] yoki “ Shitsuren meshi ” [Sevgisizlik] kabi yapon filmlaridagi yoshlarning ushbu yuqori uglevodli taomni iste'mol qilish sahnalari uning Yaponiya madaniy hayotida keng tarqalganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tarixi va turlari Yakisoba-panning paydo bo'lishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Ko'pchilik uning 1950 - yillarda paydo bo'lgan deb hisoblaydi. O'sha davrda Qo'shma Shtatlar Yaponiya bozorlarini arzon un mahsulotlari bilan to'ldirgan va 1955- yilga kelib, u Tokiodagi va tez orada butun mamlakatdagi do'konlarda paydo bo'la boshlaydi. Hozirgi kunda yakisoba-pan nafaqat Yaponiyada, balki horijdagi ba'zi jmintaqalarda,, shuningdek, maktab oshxonalarida do'konlar va novvoyxonalarda keng miqyosdan sotiladi.
Ziravorlarda hamda lag'monning qalinligi va uzunligi bo'yicha ushbu mahsulotning ko'plab turlari mavjud. Yakisoba-panning ba'zi turlari qizil tuzlangan zanjabil va mayonez bilan tanovul qilinadi. Boshqa toifalari esa bir oz mayonez yoki marul bilan ajralib turadi. Taomning tarkibiy qismlari arzon bo'lganligi sababli, ushbu mahsulotning narxi odatda arzon bo'ladi.
Yana qarang
Yapon taomlari ro'yxati Sandviçlar ro'yxati
Manbalar
Turkum:Yapon oshxonasi Turkum:Yapon taomlari