Abdulla Derbisalin (Ubaydulla DerbisalinRajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 64-bet., Abdila Derbisalin deb ham yozilgan) – Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi milliy kommunistlaridan.
Bolaligi 1888-yilda Turkiston general-gubernatorligining Yettisuv viloyatida (Qozogʻistonning hozirgi Qoʻstanay viloyati Qorabuloq tumanida) tugʻilganRajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 65-bet.. Qozoq millatiga mansub.
Oilasi Turmush oʻrtogʻi Zaxida Ismailovna Derbisalin (qizlik familiyasi Kildiyeva) (1896—1943) tatar millatiga mansub boʻlgan. Avval Toshkentda, 1928-yildan Aktyubinsk shahrida yashashgan. 1932-yilda Zaxida Derbisalin ikki qizi bilan Toshkentga qaytib kelishadi. 1939-yilda Abdulla Derbisalin va Zaxida Derbisalin ajrashishadi. 1943-yilda Zaxida vafot etdi. Farzandlari Galiya Derbisalin(1919–tugʻilgan) va Aysulu Derbisalin(1922—2008) Toshkentda tugʻilib, taʼlim olishgan. Nevarasi Saida Tagirovna Syunyayeva (Aysulu Derbisalinning qizi) bobosi haqida bir qancha surishtiruvlar olib borgan.
Faoliyati 1917-yili Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Qozoq ovullarida dastlab muxtoriyatchilik gʻoyalarini targʻib etgan. Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida qatnashib, Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan. 1918-yil fevralida Turkiston muxtoriyati hukumati agʻdarilgach, sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan. Turor Risqulov rahbarligida 1919-yil mart oyida Toshkentda Turkiston oʻlka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilingach, RKP(b) oʻlka Musulmonlar byurosining Yettisuv (Semirechye) viloyati rahbari (1919-yil ikkinchi yarmi—1920-yil aprel) boʻlganInostrannaya voennaya intervensiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane. Dokumenti i materiali. Tom II. – Alma-Ata: „Nauka“, 1964. Sentyabr 1919 g. – dekabr 1920 g. - S. 349,692.. Keyinchalik Janubiy Qozogʻiston viloyatining Lenin tumanidagi yogʻ zavodida hisobchi boʻlib ishlagan.
Qatagʻon qilinishi 1933-yil RSFSR Jinoyat kodeksining 177-moddasi boʻyicha ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.
1941-yil 4-iyulda NKVD Lenin tumani boʻlimi tomonidan qamoqqa olinib, unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-10 moddasidagi ayblar qoʻyilgan. 1941-yil 27-sentabrda Janubiy Qozogʻiston viloyat sudi axloq tuzatish lageriga 7 yil muddatga hukm qilidi. Qamoqdan qaytmaganRajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 65-bet..
Reabilitatsiya Abdulla Derbisalin Qozogʻiston SSR Oliy sudi Prezidiumi tomonidan vafotidan soʻng 1989-yil 1-dekabrda reabilitatsiya qilinganRajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 65-bet..
Manbalar
Turkum:Milliy-ozodlik harakatlarining yetakchilari Turkum:Turkiston muxtoriyati