Tomáš Ujfaluši (; 1978-yil 24-martda tugʻilgan) — Chexiyalik sobiq professional futbolchi. Markaziy himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida harakat qilgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati / Hamburg / Fiorentina Chexoslovakiyaning Rýmařov shahrida tugʻilgan Ujfaluši 18 yoshida SK Sigma Olomouc bilan professional debyut qilgan. 2000-yil dekabr oyida chet elga koʻchib oʻtdi va Germaniyaning Hamburger SV klubi bilan shartnoma imzoladi. Debyuti 10-dekabr kuni „Energie Cottbus“ ga qarshi oʻyinda boʻldi, 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻsha mavsumdagi 17 uchrashuvdan 16 tasida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.
2002—2003-yillarda Ujfaluši Hamburg bilan ligada toʻrtinchi oʻrinni egalladi, ammo keyingi mavsumda jamoa sustlashdi (Bundesligada 50 ta gol oʻtkazib yubordi). Keyinchalik, ACF Fiorentina bilan shartnoma imzolab, A Seriyaga qaytdi.
Atlético Madrid left|thumb|239x239px| Ujfaluši 2009-yilda Atlético Madridda 2008-yilda Ujfaluši Atlético MadridAtlético Madridga erkin agent sifatida qoʻshildi va poytaxt jamoasi bilan La Ligada toʻrtinchi oʻrnni egalladi.
Galatasaray 2011-yil 20-iyun kuni 33 yoshli Ujfaluši Superliganing Galatasaray klubi bilan 2 million yevro evaziga shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan. Fenerbahche SK bilan kechgan uchrashuvda (0:0) qizil kartochka olgdi.
2012—2013-yil oxirida „Galatasaray“ni tark etdi. Dekabr oyida 35 yoshida vataniga Sparta Pragaga qaytdi, keyin nafaqaga chiqdi.
Xalqaro faoliyati right|thumb| Ujfaluši Chexiya terma jamoasi bilan (2009). Ujfaluši Chexiya terma jamoasi safida UEFA Yevro-2004da toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida — guruh bosqichidan chiqishda Ganaga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan.
Milliy terma jamoada to‘qqiz yil o‘ynab, sardorlik maqomiga ega bo‘ldi. Ujfaluši Chexiya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslarida 1-aprel Slovakiyadan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng 2009-yil 8-aprelda yana besh futbolchi hamrohligida restoranga tashrif buyurgani uchun tanqidga uchragach, xalqaro faoliyatini yakunladi.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSigma Olomouc1996—1997181 - - - - - -1811997—1998112 - - - - - -1121998—1999281 - - - - - -2811999—2000290 - - - - - -2902000—2001140 - - - - - -140Jami10040000001004Hamburger SV2000—2001190 - - - - -1902001—2002290 - - - - -2902002—2003312 - - - - -3122003—2004261 - - - - - -261Jami10530000001053Fiorentina2004—2005280 - - - - -2802005—2006361 - - - - -3612006—2007311 - - - - -3112007—2008280 - - - -110390Jami123200001101342Atlético Madrid2008—200933000 -704002009—201027091 -1405012010—201132050 -40410Jami920141-2501311Galatasaray2011—20123911000 -4012012—20132000000020Jami411100000421Sparta Prague2013—20140000000000Jami0000000000Jami faoliyati461101510036051211
Xalqaro Chexiya Respublikasi Yil Ishtirok Gollar 2001-yil 6 0 2002-yil 8 2 2003-yil 8 0 2004-yil 12 0 2005-yil 11 0 2006-yil 11 0 2007-yil 8 0 2008-yil 12 0 2009-yil 2 0 Jami 78 2
Xalqaro gollari T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2002-yil 6-sentyabr Stadion Letna, Praga, ChexiyaYugoslaviya 2 — 0 5—200 Doʻstona 2 4 — 0
DFB-Ligapokal: 2003-yil
UEFA Yevropa ligasi: 2009—2010 UEFA Superkubogi: 2010-yil
Superliga: 2011—2012, 2012—2013 Turkiya Superkubogi: 2012
Individual
Superliganing eng yaxshi himoyachisi: 2011—2012
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Chexiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari