Wednesday Friday Addams () — Addamslar oilasidagi yagona qiz farzand, amerikalik karikaturachi Charles Addams tomonidan yaratilgan xayoliy qahramon. 1964-yildan buyon ekranlarda keng miqyosda paydo boʻla boshlagan. 2022-yilgi Netflix suratga olgan Wednesday serialining bosh qahramoni sifatida tasvirlangan.
Kelib chiqishi Addams oilasi aʼzolarining ismlari The New Yorker jurnali tomonidan suratga olingan 1938-yilgi multfilmlarda toʻlaqonli nomlanib ulgurmagan edi. Qahramonlar 1964-yilgi teleserialga moslashtirilayotganda muallif, Charles Addams Wednesday ismini bolalar bogʻchasida aytiladigan ertakka (Wednesday ismli qaygʻuga toʻla bola obrazidan) asoslanib nomlaydi. Bu nom g‘oyasini Ch. Addamsning tanishi, aktrisa va shoira Joan Blake taklif qilganAddams Family Values, Letters, The New Yorker, July 30 2018. Wednesday Pugsley Addamsning opasi, Gomez va Morticia Addamslarning yagona qiz farzandi hisoblanadi. Dastlabki ekranlashtirishda qizaloq kenja farzand sifatida tasvirlangan boʻlsa, keyingi ekranlashtirishda Wednesday Addamslarning katta farzandi sifatida tasvirlangan.
Tashqi koʻrinishi va shaxsiyati Wednesday Addams oʻlim bilan uygʻunlashib ketgan qizaloq obrazidir. Wednesday eksperimentlarining aksariyatini ukasi Pugsley Addamsda „oʻyin-kulgi“ yoki jazo uchun qoʻllaydi. U Pugsleyni koʻp marta oʻldirishga uringan. Qizaloq oʻrgimchaklarni boqish va Bermud uchburchagini tadqiq qilishni yoqtiradi. Wednesday oʻzining gotik xarakteri tufayli odamlarni hayratda qoldirishga moyildir"Wednesday Leaves Home" (20 November 1964) Season 1, Episode 10, at 06:30.
Wednesdayning eng koʻzga koʻringan xususiyatlari uning rangpar terisi hamda uzun tim qora o'rilgan sochlari hisoblanadi. U kamdan-kam hollarda oʻz his-tuygʻularini namoyon qiladi. Odatda uning emotsiyalari teskari taʼsirga ega boʻladi. Wednesdayni, asosan, oq yoqali qora koʻylak, qora paypoq va qora tuflida koʻrish mumkin.
Xuddi shu nomli 2019-yilgi animatsion kartinada Wednesday oʻzining his-tuygʻusiz tabiati va sadistik odatlarini saqlab qoladi hamda ukasi Pugsleyning koʻmib yuborishga harakat qiladi. Shu bilan birga, u oʻz maktabidagi bezorilarni ayanchli tarzda jazolaydi. Biroq, oʻzining dahshatli va himoyalangan hayotidan zerika boshlaydi hamda onasi Morticianing eʼtirozlariga qaramay, dunyoni koʻrishni xohlaydi. Bu esa, uning Parker Needler bilan doʻstlashishiga va ikkalasi bir-birining bir nechta xususiyatlarini oʻz zimmalariga olishiga olib keladi. Wednesday rang-barang kiyimlar kiyishni boshlaydi hamda oʻrama soch turmagini oʻzgartiradi.
Obrazlar Wednesday obrazini ilk teleserialda Lisa Loring ijro etgan. Ushbu rol multfilmlarda tasvirlanganidan ham koʻra ancha yomonroq boʻlgan. Hanna-Barbera tomonidan suratga olingan ilk animatsion serialda Wednesdayning ovozi Cindy Henderson tomonidan ijro etilgan. Henderson xuddi shu personajni "The New Scooby-Doo Movies"ning bir qancha epizodlarida gavdalantirgan.
Jenna Ortega xuddi shu nomdagi Netflix serialida Wednesday obrazini ijro etgan.
Shajarasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Addamslar oilasi Turkum:Filmlardagi ayol obrazlar Turkum:Addamslar oilasi obrazlari Turkum:Teleseriallardagi oʻsmir obrazlar Turkum:Xayoliy personajlar