Sophie Moniotte (talaffuzi: Sofi Moniote; 1969-yil 5-mayda tugʻilgan) — Fransiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan muz raqqosasi. Sherigi Pascal Lavanchy bilan birga ikki karra Jahon chempionatining medal sohibi (1994-yil kumush, 1995-yil bronza) va ikki karra Yevropa chempionatining medal sohibi (1995-yil kumush, 1997-yil bronza) boʻlgan.
Faoliyati Moniotte / Lavanchy juftligi 1980-yillarda xalqaro miqyosda raqobatlasha musobaqalarda qatnasha boshlagan. Juftlik oʻzlarining birinchi 1992-yilda Fransiyaning Albertville shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
1993 — 1994-yilgi mavsumda Moniotte / Lavanchy jufligi 1993 Skate America va 1993 Skate Canada International musobaqalarida ishtirok etgan. Juftlik 1994-yilda Daniyaning Kopengagen shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida va 1994-yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida beshinchi oʻrinni egallagan. Juftlik mavsumning yakuniy musobaqasida, 1994-yilda Yaponiyaning Chiba shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan.
1994 — 1995-yillarda Moniotte / Lavancy jufligi 1994 NHK Trophy musobaqasida gʻalaba qozongan va ketma-ket uch karra milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Moniotte / Lavancy jufligi 1996 — 1997-yilgi mavsumni 1996-yil oktyabr oyida Fransiya chempionatida boshlagan va Marina Anisina / Gwendal Peizerat juftligidan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, majburiy va original raqs namoyishi uchun birinchi, erkin raqsda esa ikkinchi oʻrindan joy olgan. 1997-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medali uchun bellashib, Anissina / Peizerat juftligini ortda qoldirgan. Moniotte / Lavancy jufligi1997-yilda Shveytsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ishtirok etib toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Dasturlari (Lavanchy bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs1997—1998 Great Balls of Fire Riverdance Bill Whelan1996—1997 Adiós Nonino Ástor Piazzolla Whistle Hora The Two Guitars ()1995—1996 Gypsy folk: ? Kalinka Ivan Larionov1994—1995 Down for the double Reno Do Right Woman The little man who wasnʼt there Echoes of Harlem Rompinʼ at the Reno1993—1994 A Day in the Life of a Fool Top Hat Shall We Dance Swing Time Follow the Fleet1992—1993 Black Orpheus () Luiz Bonfá, Antônio Carlos Jobim, João Gilberto1991—1992 Polka: Donʼt Cry Beetlejuice Danny Elfman The Witches of Eastwick John Williams
Natijalari CS: Chempionlar seriyasi (Gran-pri)
Lavanchy bilan
Xalqaro Tadbir 87—88 88—89 89—90 90—91 91—92 92—93 93—94 94—95 95—96 96—97 97—98 Olimpiada 9 5 11 Jahon chempionati 6 5 2 3 WD 4 Yevropa chempionati 11 9 8 6 5 2 3 7 Millatlar kubogi WD 3 NHK Trophy 1 Skate America WD 3 Inter. de Parij 6 2 1 NHK Trophy 6 3 1 Schäfer Memorial 6 Skate America 2 1 Skate Kanada 6 2 1 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 5 Milliy Fransiya chempionati 3 2 WD 2 2 1 1 1 WD 2 2 WD = musobaqani tark egan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar