Diego da Silva Costa (; 1988-yil 7-oktyabrda Braziliyada tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati 2013-yilning 5-mart kuni Diego Costa bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari tomonidan Braziliya terma jamoasiga Italiya va Rossiya bilan oʻsha oy oxirida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinlari tarkibiga qoʻshilgan. 21-mart kuni Diego Costa birinchi oʻyinda debyut qilgan. Toʻrt kundan soʻng „Stamford Bridge“ stadionida u Rossiyaga qarshi oʻyinning soʻnggi 12 daqiqasida Kakaga almashtirilgan. 2013-yil iyul oyida u Ispaniya fuqaroligini olgan. Hozir FIFA qoidalariga koʻra, bir nechta millati boʻlgan oʻyinchilarga, agar ular asli braziliyalik sifatida oʻzlarining birinchi mamlakatini faqat oʻrtoqlik oʻyinlarida himoya qilgan boʻlsalar, ikkinchi mamlakat vakili boʻlish imkonini beradi. 2013-yilning 29-oktyabr kuni hujumchi Braziliya futbol konfederatsiyasiga maktub yoʻllab, Ispaniya terma jamoasida oʻynash istagi borligini maʼlum qilgan. 2014-yil 28-fevralda ispaniyalik bosh murabbiy Vicente del Bosque Diego Costani Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibga kiritgan. U 5-mart kuni „Vicente Calderón“ stadionida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan va ushbu oʻyin mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlangan. 2014-yilning 12-oktyabr kuni u Ispaniya terma jamoasi safidagi ilk golini Yevro-2016 saralash bosqichi doirasidagi Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2016-yilning 5-sentyabrida Costa JCh-2018 saralash bosqichining ochilish oʻyinida Lixtenshteyn ustidan hisobida gʻalaba qozonib, deyarli ikki yil ichidagi ilk xalqaro gollarini raqib darvozasiga kiritgan. 2018-yilning may oyida u JCh-2018 uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan.
Manbalar
Havolalar
Profile at the Royal Spanish Football Federation website
Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:F.C. Penafiel futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:RC Celta de Vigo futbolchilari Turkum:Albacete Balompié futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Rayo Vallecano futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Mineiro futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Botafogo FR futbolchilari Turkum:Grêmio FBPA futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari