James Alan Tarkowski (; 1992-yil 19- noyabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi. U markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. „Everton“ klubi futbolchisi, Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Klublardagi faoliyati James Tarkowski „Blackburn Rovers“ futbol klubi bitiruvchisi. 2009-yil may oyida James Tarkowski „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2011-yildan u „Oldham Athletic“ futbol klubining asosiy jamoasida oʻynay boshlagan. James Tarkowski 2011-yilning 22-yanvarida „Brentford“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. 2011-yilning may oyida 18 yoshli himoyachi klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. 2012-yil 5-may kuni James Tarkowski klubdagi ilk golini „Carlisle United“ futbol klubi darvozasiga kiritgan.

2012—2013-yilgi mavsumda James Tarkowski „Oldham Athletic“ futbol klubining asosiy jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻzini namoyon qilgan. 2012-yil 2-oktabrda u „Crewe Alexandr“ futbol klubi darvozasiga gol urgan. 2013-yilning 19-fevralida u mavsumdagi ikkinchi golini „Stevenage“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. Umuman olganda, 2012—2013-yilgi mavsumda James Tarkowski klub safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2013-yilning iyun oyida u „Oldham Athletic“ bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati James Tarkowskining bobosi polshalik boʻlib, Polshani tark etib, Ikkinchi Jahon urushidan keyin Angliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda irlandiyalik ayolga uylangan. Shu munosabat bilan James Tarkowski Polsha terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan. Shunga qaramay, James Tarkowski Angliya terma jamoasida oʻynashni tanlagan.

2018-yilning 15-mart kuni u Angliya terma jamoasining Gollandiya va Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga qo‘shilgan. 2018-yilning 27-martida u Angliya terma jamoasi safida „Wembley“ stadionida Italiyaga qarshi o‘yinda debyut qilgan.

Statistika Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyin   GolOʻyin   GolOʻyin   GolOʻyin   GolOldham Athletic A. F. C.2010—20119000—902011—201216120—1812012—201321250—2622013—201426291—353Jami72516100886Brentford F. C.2013—201413200—1322014—201537220—3922015—201623100—231Jami7352000755Burnley F. C.2015—20164000—402016—201719050—2402017—201831020—3302018—201935320504232019—202038220—4022020—202136130—3912021—202235120—371Jami1987160502197Everton F. C.2022—202315010—160Jami1501000160Umumiy faoliyatida358173515039818

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari