Mario Mandžukić (; 1986-yil 21-mayda Xorvatiyada tugʻilgan) – xorvatiyalik futbol murabbiyi, avval hujumchi sifatida oʻynagan. Hozir Xorvatiya terma jamoasida Zlatko Dalićning yordamchisi hisoblanadi.
Xalqaro faoliyati 2007—2008-yilgi mavsumda „Dinamo“ futbol klubining Chempionlar ligasi va UEFA kubogidagi oʻyinlaridagi bir qator muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng Mario Mandžukić Xorvatiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Shu tariqa futbolchi Makedoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2008-yilning 10-sentyabr kuni 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Angliyaga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi xalqaro golini urgan.
Mandjukichning terma jamoadagi taʼsiri EURO-2012 turnirining saralash bosqichida kuchaygan. Uning jamoadagi ilk goli 2011-yil iyun oyida Poljud stadionida Gruziyaga qarshi oʻyinda boʻlib, futbolchi bu bahsda hisobni tenglashtirgan edi. Latviya terma jamoasiga qarshi saralash turnirining soʻnggi oʻyinida u yana bir gol urgan. Xorvatiya oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallagani uchun EURO-2012 pley-off bosqichida Turkiya bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Istanbulda boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonfi. Oʻyinning 32-daqiqasida Mandžukić boshi bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.
Mandjukich bosh murabbiy Slaven Bilić tomonidan Xorvatiya terma jamoasining UEFA EURO-2012 terma jamoasiga Everton futbol klubi hujumchisi Nikica Jelavić bilan juftlikda tanlangan ikki hujumchidan biri edi. U Xorvatiyaning Irlandiyaga qarshi oʻyinida va keyingi Italiyaga qarshi oʻyinida ikkita gol urgan. Xorvatiya guruh bosqichiga chiqqaniga qaramay, u Mario Balotelli, Fernando Torres, Cristiano Ronaldo, Alan Dzagoev va Mario Gómezlar safida, uchta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
U 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini Zagrebda Makedoniyaga va Bryusselda Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan dastlabki ikki oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. U oʻzining ilk golini Osijekda Uelsga qarshi oʻyinda kiritgan. Mandžukić Serbiyaga qarshi saralash oʻyinida oʻz hisobiga yana bir gol qoʻshib, Xorvatiyani Zagrebda 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi Belgraddagi ikkinchi oʻyinda ham gol urgan. Xorvatiya pley-off bosqichining Zagrebda Islandiyaga qarshi oʻyinida Mandžukić hisobni 2:0 hisobida Xorvatiya foydasiga hal qilgan. Ammo, oʻyin yakunida futbolchi qizishib ketgani bois qizil kartochka olgan.
Mandžukić Xorvatiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga boradigan tarkibiga kiritilgan. 18-iyun kuni u Kamerunga qarshi ikkinchi oʻyin uchun tarkibga qaytgan futbolchi bu oʻyinda faol harakat qilgan va uning jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Turnirda futbolchi ikki marta gol urib, Jahon chempionatidagi debyutini nishonlagan va „Oʻyinning eng yaxshi odami“ sovrinini qoʻlga kiritgan.
Statistika JamoaTemporadaLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolN. K. Marsonia2004—20052314 - - - -2314Jami231400002314N. K. Zagreb2005—200628300 - -2832006—2007231143 - -27142007—2008 - - - -2020Jami511443205717G. N. K. Dinamo Zagreb2007—200829128510347202008—200928165510343242009—201024143010337172010—2011 - - - -1212Jami81421610311112863VfL Wolfsburg2010—201124830 - -2782011—2012321210 - -3312Jami562040006020Bayern Múnich2012—201324156410340222013—20143018541344826Jami54331182378848Atlético Madrid2014—20152812531054320Jami2812531054320Juventus2015—20162710415236132016—20173475111350112017—2018325516443102018—2019259008133102019—202000000000Jami11831143301016244Al-Duhail S. C.2019—2020503121102Jami503121102A. C. Milan2020—20211000010110Jami1000010110Umumiy faoliyatida42116657289934578228
Manbalar
Havolalar
Atlético Madrid profile Juventus profile
Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:NK Marsonia futbolchilari Turkum:NK Zagreb futbolchilari Turkum:Dinamo Zagreb F.C futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Al-Duhail SC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Xorvatiyalik futbol murabbiylar Turkum:Futbol murabbiylari