Butunjahon she’riyat kuni har yili 21-martda nishonlanadi. U (Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti) YUNESKO Bosh anjumanining 30-sessiya qarorida YUNESKO tomonidan 1999-yil 15-noyabrda ta’sis etilgan va qabul qilingan. YUNESKO qarorida qayd etilishicha, bayramni ta’sis etishdan maqsad "she’riy ifoda orqali til turfa xilligini qo‘llab-quvvatlash va yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan tillarni tinglash imkoniyatini berish".
Tarixi She’riyat kunini rasman tashkil etish bo‘yicha dastlabki tashabbus 1930-yillarning oxirlariga borib taqaladi: 1938-yilda Amerikaning Ogayo shtatida shoira Tessa Suizi UebbTessa Sweazy Webb, Founder of Ohio Poetry Day // Historical Marker Database taklifi bilan 15 oktyabr She’riyat kuni – qadimgi Rim shoiri Vergiliyani tavallud kuni munosabati bilan e’lon qilinadiShereen Gertel Rutman. Let’s celebrate!: A year’s worth of holiday projects. — Troll Associates, 1992. — P. 15.. 1951-yilga kelib, bu sana Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘ttiz sakkiz shtati, shuningdek, MeksikaInternational Who’s Who in Poetry. — International Biographical Centre, 1977. — P. 522 ff. tomonidan tan olinadi va Milliy she’riyat kuni sifatida nishonlanadi. Keyinchalik mazkur an’ana boshqa mamlakatlarda Butunjahon she’riyat kuni sifatida nishonlana boshladiA World Poetry Day function in Sydney, 1963 // National Archives of Australia .
1998-yilda Marokash taklifi bilan YUNESKO Bosh Assambleyasining ijroiya qo‘mitasi Butunjahon she’riyat kunini nishonlash masalasini ko‘rib chiqadi va shunga o‘xshash tadbirlarni turli mamlakatlarda o‘tkazishni tavsiya qildi. Shunday qilib, ilk she’riyat kunlari YUNESKO rasman e’lon qilinishi va she’riyat kuni ta’sis etilishidan avval bo‘lib o‘tadi .
Manbalar
Havolalar
BMT veb-saytida Butunjahon she'riyat kuni . Taganka teatrida Butunjahon she'riyat kuni, 2000 yil Turkum:Sheʼriyat