right|thumb| Arab tili kuni emblemasi BMTda arab tili kuni (arab. اليوم العالمي للغة العربية) – bayram sifatida har yili 18-dekabrda nishonlanadi. Mazkur sana 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan ,,koʻp tillilik va madaniy xilma-xillikni nishonlash hamda tashkilotdagi barcha oltita rasmiy tildan teng foydalanishni targʻib qilish maqsadida” tashkil etilgan .
1973-yilda BMT Bosh Assambleyasi va uning asosiy qoʻmitalarining rasmiy va doimiy foydalaniladigan tillari qatoriga arab tilini kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kun 18-dekabr sanasi sifatida tanlangan . 2012-yilda Marokash, Saudiya Arabistoni va Liviya taklifi bilan YUNESKO Ijroiya kengashining 190-sessiyasida bu kun Jahon arab tili kuni sifatida tasdiqlangan .
Yana qarang
Xalqaro ona tili kuni BMTning rasmiy tillari
Manbalar
Havolalar
BMT rasmiy sayti Turkum:Bayramlar Turkum:Arab tili Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar