thumb|280x280px| Avstriya terma jamoasi 1958-yilda quyidagi o‘yinchilar bilan - chapdan o‘ngga, tik turgan holda; Walter Horak, Ernst Happel, Karl Koller, Alfred Körner, Pol Halla, Valter Shleger ; cho‘kkalab: Helmut Senekowitsch, Gerhard Hanappi, Rudolf Szanvald, Frans Svoboda va Iogann Buzek. Gerhard Hanappi (1929-yil 16-fevral – 1980-yil 23-avgust) — avstriyalik futbol yarim himoyachisi, koʻpincha avstriyalik eng buyuk futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etiladi. U, shuningdek mashhur siyosiy iqtisodchi Hardy Hanappining otasi hisoblanadi.

Klub karyerasi Ko‘p qirrali yarim himoyachi Hanappi o‘z faoliyatini SC Wacker Wienda boshlagan va u yerda 1947-yilda Bundesligada debyut qilgan. U o‘z davrida Avstriyaning eng katta futbol iqtidori deb hisoblangan, 1950-yildan 1965-yilgacha yirik raqibi Rapid Vena jamoasida o‘ynashga o‘tdi va 15 yil davomida uning sharafini himoya qildi. Uning Rapiddagi faoliyati juda muvaffaqiyatli bo‘lib, 7 marta Avstriya chempionligini qo‘lga kiritdi. U shuningdek, yetti yil davomida jamoa sardori bo‘lgan va 1999-yilda Rapid klubining Asr jamoasi ro‘yxatiga kiritilgan.

Xalqaro karyera U Avstriya terma jamoasi safida atigi 19 yoshida debyut qilgan va ilk o‘yinini 1948-yilning noyabrida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. 1954-yilda Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashgan va u yerda 3-o‘rinni egallaga. 1958-yilgi jahon chempionatida qatnashgan. 1955-yildan milliy terma jamoa sardori bo‘lgan.

Uning so‘nggi terma jamoa safidagi o‘yini 1962-yil sentyabr oyida Chexoslovakiyaga qarshi o‘yin bo‘lgan. U terma jamoada 93ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urganAppearances for Austrian National Team – RSSSF. U 1998-yil iyun oyida Anton Polster o‘zining 94-uchrashuvini o‘tkazgunga qadar milliy terma jamoada safidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazish rekordini o‘rnatdi.

O‘yin uslubi O‘z avlodining eng zo‘r yarim himoyachilaridan biriEurope's best Player of the Century – IFFHS Hanappi nominal jihatdan qanot yarim himoyachisi edi, biroq uning ko‘p qirraliligi unga deyarli barcha pozitsiyalarida muvaffaqiyatli o‘ynashga imkon berdi. Hanappining texnik qobiliyati va ijodkorligi unga samarali pley-meyker sifatida o‘ynash imkonini berdi. U, shuningdek, juda aqlli va ajoyib to‘pni boshqarish va to‘psiz vaqtda uni kutish tuyg‘usiga ega edi, bu unga himoyachi vazifasini o‘tashda juda foydali qildi. Himoyachi bo‘lish bilan birga u yaxshi zarba bera olar edi, bu qobilyat unga aniq zarbasi bilan birga, bir marta liganing eng yaxshi to‘purar bo‘lishga imkon berdi.

Iste'fo va o‘lim Futbolchilik faoliyatidan so‘ng Hanappi me'mor sifatida ishlagan. U Venadagi Weststadionni qurilishini rejalashtirgan, uning vafotidan so‘ng uning nomi Gerhard Hanappi stadioniga berilgan. U 1980-yilda 51 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi.

Yutuqlar

Klub

Avstriya Futbol Bundesligasi: 1951, 1952, 1954, 1956, 1957, 1960, 1964 Avstriya kubogi: 1961-yil Zentropa kubogi: 1951-yil

Xalqaro

FIFA Jahon chempionati uchinchi o‘rin: 1954-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SK Rapid Wien futbolchilari Turkum:1954-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari