Walter "Schoko" Schachner (1957-yil 1-fevralda tugʻilgan) - futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. U Avstriya terma jamoasi safida 64 ta oʻyin oʻtkazib, 23 ta gol urgan.
U bolaligida har doim oʻzi bilan shokolad olib kelgani uchun schoko laqabini olgan. U Italiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli avstriyalik futbolchilardan boʻlgan, chunki u yetti yil davomida toʻrtta klubda oʻynagan.
Klubdagi karyerasi Schachner Avstriyaning Leoben shahrida tugʻilgan. Koʻp sayohat qilgan va professional faoliyatini 1975-1976-yilgi mavsumda 18 yoshida mahalliy "Alpine Donavits" jamoasida boshlagan va atigi bir yarim mavsumdan soʻng milliy terma jamoadan joy olgan. U Venaning "Austria Wien" klubi tomonidan qabul qilinadi, ammo chet elga koʻchib oʻtgani uchun va yetti yil davomida Italiyada oʻynaydi, 1981-yildan 1988-yilgacha, AC Cesena (58 oʻyin, 17 gol), Torino FK (85 oʻyin, 18 gol) va Avellino (48 oʻyin 13 ta gol) klublarida toʻp suradi. left|thumb| Schachner va Dirceu Avellino 1986-1987-yilgi mavsumda
Xalqaro karyerasi Schachner Avstriya terma jamoasidagi debyutini 1976-yil dekabr oyida JCh saralash bosqichida Maltaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 1978-yilgi va 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatlarida ishtirok etdi. U umumiy 64 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan. Uning soʻnggi xalqaro maydondagi oʻyini 1994-yil avgust oyida Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻldi, bu uning xayrlashuv uchrashuvi edi, chunki oʻyin boshida Xarald Cerni bilan almashtirilgan va u avvalgi xalqaro oʻyinini toʻrt yil oldin oʻtkazgan.
1978-yil 21-iyun kuni Argentinada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u Avstriya terma jamoasining boshlangʻich 11 jamoasidan biri boʻlib, amaldagi chempion Gʻarbiy Germaniyani 3:2 hisobida magʻlub etib, ularni musobaqadan chiqarib yubordi. Oradan 4 yil oʻtgach 1982-yilda u gʻarbiy Germaniyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Murabbiylik karyerasi Schachner murabbiylik faoliyatini 1999-2000-yilgi mavsumda FC Zeltweg klubi bilan boshlagan va ularni toʻrtinchi diviziondan uchinchi divizionga koʻtara olgan.
2000–2001 va 2001–2002-yilgi mavsumlarda u Avstriya Birinchi ligasida “Karnten” klubini boshqargan. Uning rahbarligida jamoa Avstriya Bundesligasiga yo‘l oldi va birinchi yili mamlakat kubogini, ikkinchi yili esa mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
2002-2003 yilgi mavsum boshida Schachner Avstriya Bundesligasida FK Austria Wien jamoasiga murabbiylik qiladi, u mavsumni ajoyib boshlaganiga qaramay, 2002-yil oktyabr oyining boshida jamoaga uning oʻrniga yangi murabbiy Kristof Daum tayinlandi. U ishdan boʻshatilgan paytda jamoa ikkinchi oʻrindagi jamoadan yetti ochko farq bilan chempionatda peshqadamlik qildi va UEFA kubogida Ukraina chempioni "Shaxtyor Donetsk"ni 5:2 hisobida magʻlub etdi.
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida Avstriya Wien
Avstriya Bundesligasi : 1979, 1980, 1981 Avstriya kubogi : 1980-yil
Individual
Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 1979, 1980 Italiya kubogi to‘purari: 1984 (8 gol)
Murabbiy sifatida Avstriya Wien
Avstriya kubogi : 2001-yil
Grazer AK
Avstriya Bundesligasi : 2004-yil Avstriya kubogi: 2004-yil Avstriya Superkubogi : 2001-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FK Austria Wien futbolchilari Turkum:AC Cesena futbolchilari Turkum:Torino FC futbolchilari Turkum:Pisa SC futbolchilari Turkum:US Avellino 1912 futbolchilari Turkum:SK Sturm Graz futbolchilari Turkum:Grazer AK futbolchilari Turkum:FC Tirol Innsbruck futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1978 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1982 oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik futbol murabbiylar