right|thumb|300x300px| El Yamiq (o'ngda) 2022-yil avgust oyida Sevilya - Valyadorid o'yini oldidan Javad al-Yaniq ( ; 1992-yil 29-fevralda tugʻilgan) — Marokashlik professional futbolchi, La Liganing “Real Valyadolid” klubi va Marokash milliy terma jamoasi safida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati 2014–15 Botola Marokash futbol ligasida El Yamiqning Olympique Khouribga jamoasi Wydad ACda ikkinchi o'rinni egalladi va finalda FUS Rabat jamoasini mag'lub etib Marokash taxt kubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Raja CA 2016-yilning yozida, 25 yoshli El Yamiq "Raja Casablanka" klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi birinchi golini Chabab Atlas Khénifra klubiga qarshi kechgan o'yinda (5:1) kiritdi. El Yamiq Difaa Hassani El Jadidiy klubiga qarshi o'yinda 2017-yilgi taxt kubogini qo'lga kiritdi.
2018-yil 28-yanvar kuni, Jawad Italiyaning "Jenoa" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik esa B seriyaning "Peruja Kalsio" jamoasi safiga ijara asosida borib qo'shildi. 2020-yil 29-yanvarda u "Saragosa" klubiga 2019-20 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o'tdi . Jamoadagi ilk uchrashuvini Kadis klubiga qarshi o'tkazdi.
2020-yilning 24-sentabrid, El Yamiq “Real Valyadolid” jamoasi bilan to‘rt yillik rasmiy shartnoma imzoladi. U Real Madrid klubiga qarshi o'yinda o'zining debyutini amalga oshirdi. 2021-yil 31-noyabr kuni, El Yamiq SD Eybar klubiga qarshi o‘yinda (2:0) klub uchun o‘zining birinchi golini kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyati El Yamiq 2018-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Marokash vakili sifatida o'z mamlakatiga birinchi unvonga erishishda yordam berdi.
2022-yil 10-noyabrda, u Marokashning 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi.
Faoliyatidagi statistikasi
Ballar va natijalar birinchi bo'lib Marokashning gollari ro'yxatini ko'rsatadi, ballar ustuni har bir El Yamiq golidan keyin hisobni ko'rsatadi:
+Javad El Yamiq tomonidan kiritilgan terma jamoa safidagi gollar ro'yxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 18-avgust Prince Moulay Abdulloh stadioni, Rabat, Marokash 1–0 3–1 2018 Afrika Millatlar chempionati saralashi 2 2021-yil 8-iyun Prince Moulay Abdulloh stadioni, Rabat, Marokash 1–0 1-0 O'rtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Olimpik Khouribga
Tron kubogi: 2015-yil
Raja CA
Trône kupesi: 2017-yil
Marokash
Afrika Millatlar chempionati: 2018
Manbalar
Havolalar
Jawad El Yamiq Real Valladolid saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari