Maxsus maqsadli politsiya otryadi (ruschada: Отряд милиции особого назначения (ОМОН)) - Belarusiya ichki ishlar organlarining maxsus maqsadli bo'linmasi hisoblanadi. Jamoat xavfsizligi politsiyasining bir qismi bo'lib, ichki ishlar organlarining vakolatlari bilan bog'liq maxsus vazifalarni bajaradi.
Asosiy vazifalari thumb|250x250px| 2017-yil, Ozodlik kunida thumb|250x250px| 2020 yil 30-avgust thumb|250x250px| 2020-yil, 29-avgust, Minskdagi ayollar marshi
maxsus kuchlar bo'linmalarining vazifalarini bajarish; ichki ishlar bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan maxsus operatsiyalarni qo`llab-quvvatlash; ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini buzish va tartibsizliklarning, terrorchilik harakatlari va ekstremistik ko‘rinishlarning oldini olish; jamoat tartibini himoya qilish va jamoat xavfsizligini, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; kriminogen vaziyatning murakkablashuviga nisbatan tezkor munosabatni ta'minlash; qurolli qarshilik ko‘rsatgan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan yoki ularni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni, uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar yoki jinoiy guruhlar a’zolarini, shuningdek boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni qamoqqa olish; to'satdan paydo bo'lgan xavfsizlik tahdidlariga javob berish uchun tezkor-jangovar guruhlarning kecha-yu kunduz navbatchiligini ta'minlash; fuqarolarning xavfsizligiga, tashkilotlarning faoliyatiga va jamoat tartibiga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganda, shuningdek Belarus Respublikasi mudofaasi manfaatlarini ko'zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
thumb| Shevron
Tashkil topish tarixi 1988-yil, 3-oktyabrda SSSR Ichki ishlar vazirligining buyrug'i bilan Sovet Ittifoqi hududida birinchi 19 ta maxsus politsiya bo'linmalari tashkil etiladi.
1988-yil 22-noyabrda Minsk shahar ijroiya qo'mitasining ichki ishlar boshqarmasi buyrug'iga asosan mamlakatda zo'ravonlik, tajovuzkorlik bilan bog'liq xavfli jinoyatlar sonining ko'payishi hamda noqonuniy, shu jumladan ekstremistik tashkilotlar faoliyatining kuchayishi munosabati bilan respublikadagi birinchi maxsus politsiya otryadi tashkil etildi (Minsk "OMON"chilari).
SSSR parchalanganidan keyin OMON Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yurisdiksiyasi va Minsk shahar ijroiya qo'mitasining Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbarligi ostida qoldi.
Keyinchalik esa Belarus Respublikasining barcha viloyati markazlarida shunga o'xshash bo'linmalar tashkil etiladi.
Boshliqlar
Artemov, Vladimir Ivanovich (1988-yil, noyabr - 1990-yil, iyun) Kudin, Aleksandr Arkadievich (1990-yil, iyun - 1999-yil, yanvar) Fransuzov, Aleksandr Nikolaevich (1999-yil, yanvar - noyabr) (1999-yil, noyabr - 2008-yil, iyul) Qoraev, Yuriy Xajimuratovich (2008-yil, iyul - oktyabr) Lukomskiy, Aleksandr Valentinovich (2008-yil, oktyabrdan) Balaba, Dmitriy Vladimirovich (2016-yil, may oyidan beri)
Vazifadoshlari Belarusiyada shunga o`xshash bo'lgan boshqa birliklar ham mavjud: SPBT Almaz, SOBR, KGB Alfa .
Xalqaro sanksiyalar OMON zobitlari bir necha bor xalqaro sanksiyalarga duchor bo`lishgan. 2020-yil, 2-oktyabrda Yevropa Ittifoqi o'zining sanksiyalar ro`yxatiga () Minsk, Vitebsk, Gomel va Brest "OMON"chilarining qo'mondonlari Dmitriy , Leonid Juravskiy, Mixail Domarnatskiy, Maksim Mixovichlarni kiritdi. Xuddi shu xodimlar Buyuk Britaniya , Kanada va Shveysariya sanksiyalar ro'yxatiga ham kiritilgan. Qo'shma Shtatlar 2-oktyabrda Dmitriy Balabani maxsus tayinlangan fuqarolar va taqiqlardagi shaxslar ro'yxatiga qo'shdi . 23-dekabrda Minsk "OMON"i ham AQSh sanksiyalari ostida qoldi.
Eslatmalar
Havolalar
Minsk OMONning yagona mushti Архивная копия // Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi OMON o'zining 30 yilligini nishonlamoqda Архивная копия // Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi OMON ATC: bu yerda kuchli Архивная копия qiladi