37 Days — Britaniya dramatik mini-seriali. Ilk bor BBC Two telekanalida 2014-yil 6—8-mart kunlari namoyish etilgan. Mini-serial uch qismdan iborat boʻlib, unda Birinchi jahon urushi boshlanishidan avvalgi 37 kun ichida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligida sodir boʻlgan siyoyiy voqeliklar hamda ushbu 37 kun ichida yaʼni 1914-yil 28-iyunda Avstriya valiahd shaxzodasi Frans Ferdinandning oʻldirilishidan to 1914-yil 4-avgustda Buyuk Britaniyaning Germaniyaga urush eʼlon qilganigacha boʻlgan voqealarni qamrab oladi.

Mazmuni 1-qism Mini-serial Yevropa qitʼasida Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldingi 5 hafta ichida sodir boʻlgan sahna ortidagi siyosiy intrigalar haqida hikoya qiladi. Serialning birinchi qismi „Yozning bir oyi“ () deb nomlanadi va unda voqealar 1914-yilning 28-iyunida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari ser Edvard Grey avstriyalik ersgertsog Frans Ferdinandning Bolqonda oʻldirilgani haqidagi xabarni olganida boshlanadi. Bu xabar Sarayevo fojiasidan oʻz ambitsiyalarini amalga oshirishni kutayotgan Germaniyaning imperatori Kayzer Vilgelm II qarorgohiga bir zumda yetib boradi.

2-qism Serialning ikkinchi qismi „Iyul oyidagi bir hafta“ () deb nomlanadi. Ushbu qismda Yevropada urush boʻlish imkoniyati kuchaya boshlaydi. Vazirlar mahkamasining bosimi ostida Britaniya tashqi ishlar vaziri Avstriya, Germaniya, Rossiya va Fransiya oʻrtasidagi chigal intrigani yuzaga keltiradi. Nemis harbiy qoʻmondonligi esa Kayzerning qoʻlini bogʻlab qoʻyish uchun til biriktirdi.

3-qism

Serialning uchunchi qismi „Bir uzoq oʻtgan hafta oxiri“ () deb nomlanadi. Ushbu qismda tinch va urushsiz hayotning soʻnggi soatlari tasvirlanadi. Qitʼaning qudratli davlatlari siyosiy jihatdan jar yoqasiga kelib qolganda, ser Edvard Grey Britaniyani mojarodan saqlab qolish yoki mojoroga qoʻshilish haqida bir qarorga kela olmaydi. Vazirlar mahkamasidagi umidsiz muzokaralar, isteʼfolar va iroda kurashi Germaniyaning Belgiyaga ultimatum qoʻyishi bilan yakun topadi. Britaniya qaysi yoʻldan borishi kerakligi haqida baxslar boʻlib oʻtadi.

Suratga olish Miniserial prodyusseri va ssenariy muallifi Mark Hayhurst bolaligidan Birinchi jahon urushiga qiziqardi va odamlar qanday qilib bu urushni boshlanishiga yoʻl qoʻyib berganini tushunish har doim juda qiyin boʻlganini taʼkidlaydi. U prodyuser Sue Horth bilan birgalikda 175 sahifalik „Urush kitobi“ni tuzib chiqishadi. Miniserialda dunyoni abadiy oʻzgartirgan ushbu urushdan oldingi voqealar bir necha haftalarda qanday qilib boshlangani haqida boradi. Mark Hayhurst serialni suratga olishdan avval asosiy qahramonlar nimani bilishini va nima deyishini tushunish maqsadida oʻsha vaqtdagi har bir telefon qoʻngʻirogʻi, shaxsiy xat va telegrammalarni oʻrganib chiqadi.

Jastin Xardi rejissyorligi ostida suratga olingan barcha epizodlar 2013-yil yozda Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida suratga olingan. Vazirlar mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi sahnalari „Ballywalter Park“da suratga olingan. Suratga olish jarayonioda ob-havo ochiq va quyoshli boʻldi. Bu serial ijodkorlari uchun omadli keldi, chunki 1914-yilning yozi quyoshli boʻlgani bilan mashhur edi. Agar yomgʻir yogʻsa barcha rejalar buzilib ketardi.

Rollarda + Rollarni ijro etgan aktyorlar Aktyor Personaj Izohlar Ian McDiarmid () Edward Grey Britaniya Tashqi ishlar vaziri Nicholas Farrell () Eyre Crowe Tim Pigott-Smith () Herbert Henry Asquith Sinéad Cusack () Margot Asquith Bill Paterson () Lord Morley Kenneth Cranham () John Burns Ludger Pistor () Bethmann-Hollweg Germaniya kantsleri Rainer Sellien () Kayzer Germaniya imperatori Bernhard Schütz () Helmuth Moltke Germaniya generali Mark Lewis Jones () David Lloyd George Nicholas Asbury () Winston Churchill Britaniya Harbiy Dengiz Kuchlari vziri Urs Remond () Prince Lichnowsky Germaniya elchisi James McArdle () Alec André Kaczmarczyk () Jens Holger Kunkel () Falkenhayn Stephan Szasz () Jagow Germaniya Tashqi ishlar vaziri Kate Ambler () Muriel François-Éric Gendron () Paul Cambon Fransiya elchisi Niall Cusack () Benckendorff George Lenz () Mensdorff Chris Kelly () Gavrilo Princip serbiyatik qotil Oliver Ford Davies () Cunliffe Patrick Fitzsymons () King George V Britaniya qiroli Ian Beattie () Nikolay II Rossiya poshshosi Simon Coury () Franz Ferdinand Avstriya shxzodasi Rainer Reiners () Von Below Gordon Fulton () Vladimir Suhomlinov Rossiya harbiy vaziri Mary Moulds () Sophie Chotek Christopher Leveaux () Leytinant Feldmann

Yana qarang Birinchi jahon urushi BBC Two

Manbalar

Havolalar

Turkum:Buyuk Britaniya teleseriallari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2010-yillar teleseriallari