Botir Poʻlatovich Yusupov (1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. O‘zbekistonning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili.

Biografiya 1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Butunrossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. Ingliz va rus tillarini biladi.

1990-1995 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining „Interaloqa“ tashqi savdo uyushmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1995-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi „Davlat belgisi“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining tashqi iqtisodiy aloqalar va marketing bo‘yicha o‘rinbosari.

2000-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining „O‘zmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari.

2007-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi.

2009-2012 — Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisiPosolstvo Respublіki Uzbekistan v Ukraїnі.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchilari Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari