Halul oroli () Qatar davlatiga tegishli eng muhim orollardan biri. Doha shimoli-sharqida ga yaqin masofada joylashgan, u atrofdagi dengiz konlaridan neftni yuklash va saqlash joyi terminali sifatida xizmat qiladi. Qatar dengiz flotining asosiy bazalaridan biri Halulda joylashgan. Sohillar va chegaralar xavfsizligi uchun orolda ham operatsiyalar bazasi qurilgan.
1900-yillarning boshlarida orolga marvarid yigʻuvchi qayiqlar tez-tez kelib turgan.
Tarixi James Ashley Maude orolning kashf etilishi haqida 1817-yil iyul oyida yozgan vauni „Havlul oroli“ deb atagan. U shunday deb yozgan edi:
Maude shuningdek, orolning katta marjonlar oʻsadigan yirik maydonlarga juda yaqinligini ham qayd etadi.
1823-yilda orolning birinchi xaritasi kapitan Georg Barnes Brucks tomonidan yaratilgan. Bruckning 1856-yildagi vafotidan keyin nashr etilgan memuarida u orol va uning geografik joylashuvi haqida qisqacha yozgan maʼlumotlari berilgan. U orolning baland ekanligini yozgan va quduqlar mavjudligini qayd etgan. Bu quduqlar tabiiy hodisalar natijasida paydo boʻlganmi yoki baliqchilar tomonidan qurilganmi, nomaʼlum. U shuningdek, orolning eng yuqori balandliklarini qayd etib, ilgari bu orol May oroli deb atalganini yozgan. Shotlandiya gidrografi James Horsburgh 1855-yilgi "Hindiston katalogi" qoʻllanmasida orolning tavsifini yozgan. Uning hisobi 1817-yilda Maude tomonidan berilgan avvalgi tavsifdan unchalik farq qilmaydi.
Geografiyasi Orol Ras Rakandan 72 mil janubi-sharqda, poytaxt Dohadan 50 milya shimoli-sharqda joylashgan. Uning uzunligi taxminan 1 milyaga yetadi. Relyef tepaliklardan iborat va uning eng baland choʻqqisi 202 futga teng. Orol taxminan 15 milya masofadan koʻrinadi va uning atrofida dengizdan 0,2 milyagacha choʻzilgan rif bor. Orol Qatarning eng sharqiy quruqlik qismini oʻz ichiga oladi. Materik Qatarning eng yaqin nuqtasi, yaʼni shimoli-sharqiy qirgʻoqdagi Raʼs Abu Qarn va Al-Xor munitsipalitetidan 80 kilometrdan bir oz koʻproq masofa uzoqlikda joylashgan boʻlib, u ham mamlakatning eng chekka oroli hisoblanadi. Orolda shamal shamollari boʻlib turadi. Oroldan 45 mil shimoli-sharqda toshloq va sayoz Shah Allum Shoal hududi joylashgan.
Geologiyasi Orol yuzasining katta qismi paleozoy qatlamlarida joylashgan. Kembriy davri Hormuz hosilasi asosiy sirt qatlami hisoblanadi. Bu Qatarning paleozoy yuzasida joylashgan yagona ikkita hududidan biridir. Gematit va oxra kabi temir oksidlari orolda topilgan, ammo qazib olish va tashish uchun yuqori xarajatlar zarurligi tufayli foydalanilmay qoldirilgan.
Yovvoyi tabiat Orol dengiz hayoti va dengiz qushlarining bir nechta turlari uchun asosiy yashash joyi hisoblanadi. 1963-yilda orolga birinchi marta koʻchirilgan oltita togʻ echkisi koʻpayib butun boshli toʻdani hosil qilgan. Tepaliklarda hozirda 80 dan ortiq togʻ echkilari yashaydi. Munitsipalitet va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi (MME) orolning yovvoyi tabiatini himoya qilish va hayvonlarni koʻpaytirish uchun QatarEnergy bilan hamkorlik qiladi. Koʻrilgan eng muhim tashabbuslar qatorida shoʻrlanishga chidamli 400 tup daraxt ekish va dengiz toshbaqalarining uyalash joylarini tashkil etish gʻoyasi ham mavjud.
Sanoati Neft faoliyati boshlanganidan koʻp oʻtmay, 1950-yillarning oʻrtalarida hukumat Halulni yirik neft yuklash terminaliga aylantirish uchun mablagʻ sarflashni boshladi. Orolning ahamiyati 1960-yillarda hukumat dengizda neft konlarini barpo eta boshlaganidan keyin yanada osha boshladi. 1964-1966-yillarda orolda sanoat infratuzilmasi qurildi. 2015-yil holatiga koʻra, orolda umumiy quvvati 5 million barrel xom neft boʻlgan 11 ta tashqi suzuvchi tomli tanklar mavjud.
Halul oʻzi uchun zaruriy boʻlgan elektr energiyasini oʻzi ishlab chiqaradi. Unda quvvati 43 MVt boʻlgan toʻqqizta turbogenerator mavjud. Halulning ikkita tuzsizlantirish moslamasining sutkalik quvvati ga teng.
Galereya
Yana qarang
Qatar orollari roʻyxati Qatardagi mayoqlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Qatar orollari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Qatardagi mayoqlar Turkum:Osiyo orollari Turkum:Fors koʻfazi orollari