Zafar Polvonov (1985-yil 19-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan. 2024-yildan „Shoʻrtan“ jamoasida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbolchilik faoliyati Zafar katta futboldagi birinchi professional jamoasi Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi hisoblanadi. 2005-yildan Gʻuzorliklar safida 5 mavsum davomida toʻp surib, 2010-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasi safida toʻp surdi. Xorazmlilar safida yaxshi darajada surgani natijasida 2011-yilgi mavsumda Anatoliy Demyanenko boshiligidagi „Nasaf“ klubi safiga oʻtdi. Yarim mavsum davomida kuchli jamoa tarkibidan oʻrin ololmadi va yozgi transfer vaqtida sobiq jamoasi Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi safiga borib qoʻshilgan.

2012-yil mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2012-yilning yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasi Olmaliqning „Olmaliq“ klubi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2015-yilgi mavsumda sobiq klubi Shoʻrtan klubi taklifiga bilan gʻuzurliklar safiga qaytdi. Jamoa safida 2,5 mavsum davomida toʻp surdi va 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston PFL kubogi qoʻlga kiritdi.

2017-yilgi yozgi transfer oynasi vaqtida Olmaliqliklar safiga qaytdi. „AGMK“ safida ikkinchi bor toʻp surish ancha muvaffaqiyatli kechdi. Jamoa bilan 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi, 2019-2020-yilgi mavsumlarda esa mamlakat kubogini finaligach yetib kelishida katta hissa qoʻshdi. 2019-yilgi mavsumda shuningdek ilk bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston Liga kubogining finaligacha „AGMK“ jamoasi bilan yetib bordi ammo finalda „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyat boy berildi. Osiyo chempionlar ligasida esa „AGMK“ jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2019-yilda Oʻzbekiston Superligasida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol urishga erishdi. 2022-yilgi mavsumda yozgi transfer oynasi vaqtida faoliyatidagi pasayish tufayli jamoasini almashtirdi, „Andijon“ klubi safiga borib qoʻshildi va Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibiga aylandi.

2023-yilgi mavsumda sobiq jamoasi „Shoʻrtan“ jamoasi safiga oʻtdi. 2023-yil 25-oktyabrda Shoʻrtan jamoasidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazib futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Murabbiylik faoliyati 2024-yildan „Shoʻrtan“ jamoasida murabbiy sifatidan faoliyatini boshlagan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2020, 2021

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2018 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2019, 2020 Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Liga kubogi ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2022 Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2015

Individual

Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 109 ta gol

Manbalar

Havolalar Zafar Polvonov Soccerway saytida Zafar Polvonov Footballdatabase saytida Zafar Polvonov OʻzPFL saytida

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:19-fevralda tugʻilganlar Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari