Moturidiy koʻchasi — Bektemir tumanining „Majnuntol“ mahallasi hududida. 2000-yil 23-iyunda yangi uchastkalar kurilishi munosabati bilan paydo boʻlgan yangi koʻchaga imom, fiqh olimi Moturidiy (870-944) nomi berilgan. Uzunligi 1 km atrofida.
Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida „Suvsoz“ dahasi, yoʻl harakati xavfsizligi nazorati maskani, yonilgʻi quyish shoxobchasi, Golf klubi avtosaroy joylashgan.
Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari