Timothy „Tim“ Doner (1995-yil 25-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik giperpoliglot, sobiq ijtimoiy media shaxsi va Vashingtonda joylashgan Ilgʻor mudofaa tadqiqotlari markazining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan tashqi siyosat tahlilchisi. Harvard universiteti va Cambridge universiteti bitiruvchisi. U 17 yoshida 2013-yilda 20 xil tilda gapirgan YouTube videosini chiqargach, mashhurlikka erishdi. Timothy New Yorkning Manxetten shahrida tugʻilgan va East Villageda istiqomat qiladi.

Yoshligi Timothy Doner, Doner Betsy va Ezra Doner oilasida 1995-yil 25-oktabrda AQShning New York shtatidagi Manxetten shahrida tugʻilgan. Timning tillarni oʻrganishga kirishishi, 13 yoshida, u oʻzining sevimli fank guruhi Hadag Nahashning soʻzlarini yodlaganidan keyin 2009-yilda qiziqish tufayli ibroniy tilini oʻrgana boshlaganida boshlangan. Keyin u arab va boshqa tillarga, masalan, fors, pushtu, hind, indoneziya, volof, hausa, suahili, isixosa, ojibve, golland, italyan, yapon va boshqa tillarni oʻrgangan.

Tillar Doner ravon gapira oladimi yoki yoʻqmi, buni omma oldida koʻrsatgan tillar, bular, (hech qanday tartibda emas). Doner gapiradigan tillar roʻyxati Ingliz (ona tili) fransuz Yahudiy Ibroniy Arabcha Forscha Turkcha Golland Nemis Pushtu Mandarin Xitoy Yapon Xosa Suahili Volof Hausa Ojibve Indonez talyancha Bengal Hind Rus

Shaxsiy hayoti Avstraliyaning Sunrise shou dasturiga bergan qisqa intervyusida Doner fors tili uning sevimli tillaridan biri ekanligini va XIV asrda yashagan Eron shoiri Hofiz-e-Shiraziy asarlarini oʻqishni yaxshi koʻrishini aytgan.

Manbalar

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar