Ahmad ibn Usmon ibn Nizom as-Samarqandiy al-Xuttobiy, ash-shofiʼiy (Shihobuddin) — imom. Mullazoda nomi bilan tanilgan. Qiroat, mantiq, fiqh, tafsir, hadis va balog‘at ilmlarini bilgan. Tarixchilardan birining xabar berishicha, u alloma imom, qiroatda oliy isnodli bo‘lgan. Damashq, Halab kabi shaharlarga safar qilgan va u yerdagi ulamolardan istifoda etgan. U milodiy 1460-yil (hijriy 901-yil)da vafot etgan.

Asarlari „Kitob jumiʼa fihi al-hidoya val-muharrar“ („Hidoyat va ozod qiluvchi masalalar jamlangan kitob“); „Sharhu hidoyati-l-hikma“ („Hidoyatu-l-hikmat“ kitobiga sharh"); „Sharhu-sh-shamsiya“ („Shamsiya“-ga sharh"); „Hoshiya ala-sh-sharhil-muxtasar li-t-Taftazoniy alatalxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“ ("al-Qazviniyning „Talxisu-l-miftoh“ asariga Taftazoniyning yozganmuxtasar sharhiga hoshiya-izoh").

Manbalar