Jaʼfar ibn Hasan ibn Abdulkarim ibn Muhammad ibn Abdurrasul al-Barzanjiy, al-Madaniy (shaʼbon oyida Madinada tugʻilib, 1764-yil (hijriy 1187-yil)da vafot etgan) — faqih va adib. Madinada shofiʼiy mazhabiga oid fatvolar chiqarishni boshqargan.

Asarlari „Nazmu mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“ (Nazmda bitilgan „Mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“); „Qissatu-l-meʼroj“ („Meʼrojnoma“); „Manoqibu sayyidi-sh-shuhado sayyidina Hamza“ („Shahidlarning sayyidi — janobimiz Hamzaning manoqibi“); „al-Arin li asmoi-s-sahoba al-badriyyin al-fayz al-latif biijobati noibi-sh-sharʼi-sh-sharif“ („Shariatning sharafli izdoshi javobidagi latif va fayzli ikki toʻlin oydek sahobalar ismlarining mavqei“); „Joliyatu-l-kurub bi asmoʻi sayyidi-l-ajam va-l-arab“ („Arab va ajamliklar janobining ismi sharifini eshitganda qaygʻuga tushuvchilar“); „Iqdul-javhar fi mavlidi sohibi-l-havzi va-l-kavsar“ („Jannatiy ariq va kavsar sohibining tavalludi haqidagi gavharlar shodasi“); „Talʼatu-l-badr“ („Toʻlin oyning chiqishi“); „Manzuma roʻiya fi asmoʻi ahli badr ala hurufi-l-muʼjam“ („Toʻlin oy ahlining alifbo tartibidagi ismi shariflari haqida koʻrinib turadigan manzuma“).

Manbalar