Xatiman - (“ko‘p bayroqlar»), yapon mifologiyasida askarlar homiysi, ilohi. Tadqiqotchilar ilohlarga bayroq qo‘yish udumini uning nomi bilan bog‘laydilar. O’rta asrlarda Xatiman Minamoto urug‘i samuraylari homiysi sifatida ulug‘langan. Shuningdek, u o‘q va yoy ilohi, urush ma’budi ham bo‘lgan. Qadimgi rivoyatlarda u qari temirchi, 3 yoshli bola, odamlarga turli masalalarda yordam beruvchi kishi sifatida gavdalangan. Uning kulti bugungi kunda ham mashhur. Xatiman nomi bilan Odzin davlati hukmdori, Yaponiyaning 15 imperatori (270-312 yy.) yashagan. Manbalar

Adabiyotlar