Grigoriy Semyonovich Tseytlin (1948-yil 23-martda tugʻilgan) – rossiyalik va oʻzbekistonlik futbol murabbiy. Murabbiylik faoliyati davomida asosan Oʻzbekiston futbol jamoalariga ustozlik qilgan

Murabbiylik faoliyati Grigoriy 1987-yilda Sohibkor murabbiylar shtabida, 1989-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi murabbiylar shtabiga tarkibiga qoʻshilgan. 1990-yilgacha bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan.

1995-yilgi mavsum Buxoroning „Nurafshon“ klubida texnik direktor lavozimida ishlagan. 1996-yil 24-avgustgacha Toshkent „MHSK“ klubida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. 1997-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasining murabbiylar shtabiga taklif qilingan. 1999-yilning may oyidan mavsum soʻngiga qadar „Paxtakor“ jamoasiga bosh murabbiylik qilganChTO TAM U SOSYeDYeY?• UKRAINA• LITVA• UZBYeKISTAN – Yejednevnaya sportivnaya gazeta SPORT-EKSPRYeSS (internet-versiya). 2000-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

2002-yilda Rossiyaning Irkutsk Zvezda klubida murabbiy yordamchisi lavozimida ishlagan. 2003-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubiga qaytgan va sport direktori sifatida faoliyat olib borgan.

Manbalar

Havolalar

Grigoriy Tseytlin „Futbol faktlari“ bazasida

Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:MHSK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari